YANGILIKLAR
Домой / BOSHQARMA TARIXI

BOSHQARMA TARIXI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining

Toshkent viloyati  hududiy boshqarmasining tarixi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi 77-sonli qarori hamda viloyat hokimining 1998 yil 15 maydagi 103-K sonli qarori asosida Toshkent viloyat o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tashkil etildi.
1998 yildan 2011 yilgacha apparat xodimlari soni 7 nafarni tashkil qilgan bo’lsa, 2011 yilga kelib esa 25 nafarga etdi.
Boshqarma tasarrufida 1998-1999 yillarda 7 ta ta’lim muassasasi bo’lgan.2000 yilda 11 ta, 2001 yilda 7 ta, 2002 yilda 12 ta, 2003-2014 yillarda 13 tadan, 2005 yilda 14 ta, 2006 yilda 19 ta, 2007 yilda 27 ta, 2008 yilda 18 ta, 2009 yilda 26 ta, 2010 yilda 4 ta, 2012 yilda 14 ta va 2013 yilda esa 2 ta ta’lim dargohlari qurib topshirildi.
Ayni kunda esa boshqarma tasarrufida 177 ta ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda.
1998 yil 1 oktyabrdan,boshqarma qoshida viloyatdagi barcha akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining o’qituvchi hamda o’quvchilariga ixtisoslashgan«Ulug’bek vorislari» gazetasi tashkil etildi. Shuningdek, 2000 yilda o’qituvchi va o’quvchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ijodiy ishlarini  moddiy rag’batlantirish maqsadida «Barkamol avlod» jamiyati yo’lga qo’yildi.
2000 yilda ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya,  sog’lomlashtirish va ommaviy sport musobaqalarini zamon talabi darajasida tashkil etish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, Respublika miqyosida o’tkazilayotgan «Barkamol avlod» tanlovlariga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida boshqarma qoshida «Afrosiyob» sport jamg’armasi hamda  sportning barcha yo’nalishlari  bo’yicha federasiyalar tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2001 yil 2 iyundagi 2/6 sonli boshqaruv kengashi qarori bilan Toshkent viloyati ta’lim muassasalarining o’quv jarayoniga yangi pedagog texnologiyalarni qo’llashdagi tajribalarni o’rganib, Respublika miqyosida ommalashtirildi.
2003 yilda ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, noan’anaviy o’qitish usullarini o’quv jarayonigaqo’llash, o’qituvchi va pedagog muxandislarning tajribasini takomillashtirish maqsadida boshqarma tarkibida ilg’or pedagogik texnologiyalar bo’limi tashkil etildi.
2003 yilda ta’lim muassasalari direktorlarining uslubiy ish tajribalarini o’rganish, ularga ilmiy pedagog  va uslubiy yordam ko’rsatish, ta’lim muassasalarida boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida Sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va milliy hunarmandchilik,  pedagogika, iqtisodiyot, tibbiyot va maishiy xizmat yo’nalishlari bo’yicha konsorsiumlar tashkil etildi.
2004 yil akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida o’quv jarayonini takomillashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida ta’lim muassasalarining o’quv ishlari, ishlab chiqarish ta’limi, ma’naviyat-ma’rifat, uslubiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlarining kengashlari  tashkil etildi.
2004 yildan buyon Istiqbolli va rahbarlikka layoqati bor, tashabbbuskor yoshlarni aniqlash, o’qitish hamda ularni tashkil qilinayotgan akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish maqsadida Respublikamizda birinchilardan bo’lib,«Istiqbolli rahbar kadrlar zaxira maktabi» faoliyat ko’rsatmoqda.