YANGILIKLAR
Домой / ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Kasb-hunar ta’lim tizimida ilg’or pedagogik texnologiyalar

Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengashning 22-sonli yig’ilish bayonnomasi topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidan Respublikaning barcha hududlaridan 83 nafar nomzodlar o’qituvchi-murabbiylikka tanlab olindi. Shundan, joriy yil 11 fevraldan 2 martgacha bo’lib o’tgan o’qituvchi-murabbiylar tayyorlash maxsus kursining 1-bosqichida tizimdan 33 nafar ilg’or ingliz tili fani o’qituvchilari ishtirok etib, ulardan 31 nafari o’qituvchi-murabbiy sertifikatiga ega bo’lishdi.
O’qituvchi-murabbiylar tayyorlash maxsus kursining 2-bosqichi joriy yil 4 martdan boshlanib, unda tizimdan 32 nafar nomzodlar ishtirok etdi. Kurslar yakuni bo’yicha o’qituvchi-murabbiylar sertifikatiga ega bo’lgan ilg’or chet tili fani o’qituvchilari tomonidan hududlardagi barcha chet tili fani o’qituvchilari uchun joylarda joriy yil aprel-iyun oylarida tashkil etiladigan o’quv seminarlarida maxsus o’quv kurslarini o’tkazishadi.
2016-2017 o’quv yilidan boshlab mazkur kurslarda malaka oshirishdan o’tgan 3200 nafar chet tili fani o’qituvchilari ta’lim muassasalarida zamonaviy o’qitish metodikasi (SEFR), takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlar hamda darsliklar asosida ta’lim bera boshlashadi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining tegishli topshiriqlari asosida joylarda 2017-2018 o’quv yiliga qadar bo’lgan davrda horijiy til o’qituvchilariga bo’lgan istiqbol ehtiyojlari o’rganildi.
O’quv jarayoni va o’quv-uslubiy faoliyatni modernizasiyalash hamda innovasion ta’lim texnologiyalarini joriy etish loyihasi asosida o’rta maxsus ta’lim muassasalari o’qituvchilarining “O’quv mashg’ulotlarida innovasion ta’lim texnologiyalarni loyihalashtirish, rejalashtirish va uni amalga oshirish” mavzusidagi seminarlar o’tkazildi.
Kasb-hunar kollejlarida amaliy mashg’ulotlarni samarali tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar davom ettirilmoqda
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1761 sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarni zamonaviy axborot-kommunikasiya vositalarini qo’llash asosida ilg’or pedagogik texnologiyalarni egallashlari uchun tegishli sharoitlar yaratish, ularda interfaol ta’lim uslublarini o’quv jarayoniga joriy etish bo’yicha to’plangan ilg’or tajribalarni ommalashtirilmoqda.