O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig’i
Kulbekova Nasiba Zakirovnaning
virtual qabulxonasi
O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabr, O’RQ-378-sonli «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi Qonuniga asosan:
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish tartibi
Murojaatlar og’zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo’lishi mumkin.
Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining rasmiy elektron pochta manziliga kelgan murojaatlar elektron murojjatlar shaklida ro’yxatdan o’tkaziladi.
Ro’yxatga olingan murojaatlar qo’shimcha o’rganishlar talab etilmasa, kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko’rib chiqiladi. Qo’shimcha o’rganishlar talab etilsa, murojaatlar kelib tushgan kundan boshlab 1 oygacha ko’rib chiqilishi mumkin.
Murojjatlarning ko’rib chiqilishi natijasi bo’yicha ariza beruvchiga yozma yoki elektron shaklda ma’lumot beriladi.
Hurmatli foydalanuvchi!
Sizga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig’iga bevosita elektron tarzda murojaatlarni yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, Sizning yuborayotgan murojaatingiz rasmiy maqomga ega ekanligini ham eslatib qo’ymoqchimiz. Shu sababli, Sizdan quyidagilarni unutmasligingizni so’raymiz:
1. Jismoniy shaxs sifatida murojaat yo’llasangiz familiyangiz (ismingiz, otangizning ismi), yashash joyingiz to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan va murojaatingiz mohiyati bayon etilgan bo’lishi shart. Yuridik shaxs sifatida murojaat yo’llasangiz yuridik shaxsning to’liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilishi talab etiladi.
2. Alohida e’tibor bering! Tuhmat, haqorat so’zlar ishlatilgan va yolg’on xabar beruvchi murojaatlarni taqdim etish mumkin emas.
3. Shuningdek, quyidagi holatlarda murojaatlaringiz rad etilishi mumkinligini eslatib o’tmoqchimiz:
• odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va ma’nosi bo’lmagan takliflar va shunga o’xshash murojaatlar);
• murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud bo’lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo’lmagan murojaatlar
4. Shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala bo’yicha javob berilgan murojaatini qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo’lsa, ko’rib chiqilmaydi.
Mazkur shartlarning barchasi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqqan holda belgilangan.