2019 yil 21 may kuni Bo’stonliq qishloq xo’jaligi va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida Ekologiya va atrof muhit muhofazasi Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda “22 – may Xalqaro bioxilma-xillikni asrash kuni”ga bag’ishlab “Bioxilma-xillik – hayot mezonidir” mavzusida ilmiy amaliy seminar o’tkazildi.
Ushbu seminarda kollej o’qituvchi va o’quvchilari, Ugom-Chotqol Davlat milliy bog’i mutaxassislari tomonidan bioxilma-xillikni saqlashga oid taqdimotlar namoyish etildi. Tadbirda Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshliq o’rinbosari S.Xamrokulova qatnashdi.
Seminar davomida o’quvchilar bilan savol-javoblar, viktorinalar o’tkazildi. Ekologiya va atrof muhit muhofazasi Toshkent viloyati axborot xizmati rahbari N.Axmedova tomonidan o’quvchi yoshlarga badiiy asarlar, mutaxassislikka oid adabiyotlar sovg’a qilindi.
O’tkazilgan seminardan maqsad o’quvchi-yoshlarda tabiatni asrash, undagi bioxilma-xillikni saqlash, ekologik madaniyatni oshirish kabi bilmi va ko’nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.
Домой / Без рубрики / “22 – may Xalqaro bioxilma-xillikni asrash kuni”ga bag’ishlab “Bioxilma-xillik – hayot mezonidir” mavzusida ilmiy amaliy seminar o’tkazildi.