Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq har yili 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni sifatida dunyo boʻylab nishonlanadi.
Uning maqsadi — jamiyat hayotining barcha sohalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, nogironlar muammolariga keng jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishdan iborat.