#Qabul2023
#Professional_taʼlim
1-iyuldan kasb-hunar maktablariga qabul boshlanadi
100 dan ortiq kasblardan birini egallash istagida boʻlgan, joriy yil 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari my.edu.uz elektron platformasi orqali 2023-yilning 1-iyul kunidan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
Platformaga:
tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;
3×4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.
Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda respublikamizda 330 ta kasb-hunar maktablari faoliyat koʻrsatmoqda.
Onlayn ariza topshirish bo‘yicha video yo‘riqnoma (https://youtu.be/ciX_xasC7cE)