YANGILIKLAR

☄️Iqtidorli talabalar va professional taʼlim yoshlari diqqatiga!

Sizga foydali va motivatsion uchrashuvni taqdim etamiz.

➖Uchrashuvda oʻz maʼruzalari bilan quyidagilar ishtirok etadi:

❇️Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent viloyati oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Innovatsion rivojlanish shoʻbasi mudiri Sh.M.Kamilova

Ma’ruza mavzusi: Intellektual mulk tushunchasi. Intellektual mulk muhofazasining kichik biznes va startaplar uchun ahamiyati

❇️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabini “Biznes inkubator va strataplar bilan ishlash markazi” rahbari G‘.Sh.Usmonov

Ma’ruza mavzusi: Innovatsion iqtisodiyotda startaplarning o‘rni va ahamiyati

❇️Toshkent viloyati Yoshlar texnopark direktori O.R.Tuychiev 

Ma’ruza mavzusi: Sinmaydigan Startap yaratish sirlari, inkubatsiya startaplar uchun nega muhim?

O‘tkazish joyi: Toshkent davlat agrar universiteti

O‘tkazish sanasi: 2024-yil 10-oktabr

Qatnashish istagida boʻlganlar onlayn tarzda mazkur havola orqali ZOOM platformasida ishtirok etishlari mumkin:

https://zoom.us/j/5260306337?pwd=2IaGMRHTuOuvtS2eHFc1n96Se9aaEr.1