Hurmatli professor-oʻqituvchilar, aziz yoshlar, ilm-fan fidoyilari!
Oliy va professional ta’lim barcha xodimlarni, butun xalqimizni 8 dekabr –Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 32 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
Konstitutsiyamiz – mamlakatimiz mustaqilligi, inson huquq va erkinliklari, barqaror taraqqiyot, erkin va adolatli jamiyatimizning mustahkam poydevori va kafolatidir.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizning barcha sohalarini, ayniqsa, taʼlim, fan va yoshlar bilan bogʻliq masalalarni qamrab olgan holda, jamiyatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishida muhim rol oʻynaydi.
Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan huquqiy normalar va prinsiplar, ayniqsa, taʼlim tizimidagi islohotlar uchun keng yoʻl ochadi. Akademik erkinlik va ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishiga qaratilgan tamoiyillar, yoshlar va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar davlatning taʼlim sohasidagi olib borayotgan izchil va samarali siyosatida muhim ahamiyatga ega.
Konstitutsiyamizda belgilangan huquqiy tamoyillarga asosan bilim olish va innovatsiyalar sohasida yangi marralarni zabt etish yoʻlida barchangizga yangi yutuqlar tilaymiz!
Asosiy Qonunimizning jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyatini yuksak qadrlaymiz.
Barchangizga mana shu qutlug‘ kunda sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt va omad, fayzu baraka, ishlaringizga rivoj tilaymiz.
Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning O‘zi madadkor bo‘lib, doim panohida asrasin!
Bayram muborak boʻlsin!
Hurmat bilan,
Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Nasiba Kulbekova va boshqarma jamoasi