YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Ayol borki olam munnavar” mavzusida tadbirlar o’tkazildi.

“8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Ayol borki olam munnavar” mavzusida tadbirlar o’tkazildi.

  8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Tadbirlarga ayol o‘qituvchilar, o’quvchi-qizlar taklif etildi. Mazkur tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad ko‘p yillardan buyon kollejda faoliyat yuritib kelayotgan muhtarama ayol o‘qituvchilarga, shuningdek, talaba — qizlarga yuksak ehtirom ko‘rsatish va ularning ta’lim dargohidagi, qolaversa, jamiyatdagi roli va o‘rnini yana bir bor e’tirof etishdan iboratdir.

Bayram tadbiri doirasida an’anaga muvofiq, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi va Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida “O‘zbegim qizlari” ko‘rik-tanlovi ham yuqori saviyada tashkil etildi.

Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi kasb-hunar kollejlari bayram tadbirlaridan fotolavhalar