YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «9-may Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan o’tkazilayotgan «Inson qadri ulug’, xotirasi muqaddas» deb nomlangan xaftalik tadbirlari o’tkazilmoqda.

«9-may Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan o’tkazilayotgan «Inson qadri ulug’, xotirasi muqaddas» deb nomlangan xaftalik tadbirlari o’tkazilmoqda.

  Toshkent viloyati kasb-hunar kolleji tasarrufidagi kasb-hunar kolleji tarkibi pedagoglar jamoasi va o’quvchilari «9-may Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan o’tkazilayotgan «Inson qadri ulug’, xotirasi muqaddas» deb nomlangan xaftalik tadbirlari munosabati bilan nuroniylarni ziyorat qilishda davom etmoqdalar! Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan keksalarni ziyorat qilib, xolidan xabar olinmoqda.

O’rta Chirchiq tumani Pedagogika va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji o’qituvchilari va o’quvchilari Tuyabo’g’iz MFY.da istiqomat qiluvchi 2-jahon urishi qatnashchisi Saitgaliyev Sharximulla xonadoniga yordamga borildi.

Quyi Chirchiq transport va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji o’quvchilari Mevazor maxallasida yashovchi Vatan urushi qatnashchisi Ergash Ota Kuchkarbayevna bugungi bayram bilan tabriklash uchun  xonadoniga tashrif buyurdilar.

Chinoz agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji jamoasi

Bekobod tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi kasb-hunar kolleji o’qituvchi va o’quvchilari «Xotira va kadrlash kuni»munosabati bilan urush faxriysi G’ofurov Berdi boboni xolidan xabar olindi.

Orta chirchiq Agrosanoat va transport  kasb-hunar kolleji  jamoasi va o’quvchilari «9-may-Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan nuroniylarni ziyorat qilishda davom etmoqdalar! 95 yoshli Xoliqul ota o’quvchilarga o’z minnatdorchiligini bildirib, tinch zamonning qadriga yetishga chaqirdi.

Toshkent tumani maishiy xizmat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji o’quvchilari mehnat faxriysi xonadoniga tashrifi.

Chinoz tumani Olmazor qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji jamoasi

Chinoz tumani Olamzor qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji pedagog xodimlar va o’quvchilari tomonidan keksalarni ziyorat qilib, xolidan xabar olinmoqda.

Nurafshon shahar ijtimoiy iqtisodiy kolleji o’quvchi va o’qituvchilari front ortida xizmat qilgan Anna Panamaryovaning uyiga borib xolidan xabar olib, uy yumushlarida yaqindan yordam berishdi.

Piskent maishiy ximat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji jamoasi 97 yoshni qarshilagan ikkinchi jaxon urish qatnashchisi Eshboy otani xonadoniga borib otani xolidan xabar olib urish yillarida ko’rsatgan qahramonliklari haqida gapirib berdi.