2018 yil 8-13 iyun kunlari Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan kasblar bo’yicha bitiruvchilarning kasbiy ko’nikmalarini baholash va rag’batlantirish maqsadida «Yoshlar innovatsion haftaligi» o’tkazilmoqda.
Joriy yil 8-iyun kuni mazkur tadbirni Chirchiq shahar bosqichi o’tkazildi. Bitiruvchi o’quvchilar o’rtasida 10 ta yo’nalishda tanlov o’tkazilib, g’oliblar aniqlandi hamda ular faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan rag’batlantirildi. Tadbirda viloyat va Chirchiq shahar hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ta’lim muassasalari direktorlari, o’qituvchi va o’quvchilar ishtirok etdilar. 8 ta kasb bo’yicha 80 nafar bitiruvchi yoshlar ishtirok etib, ulardan 24 nafari 1, 2, 3-o’rin egalari aniqlandi. 1-o’rinni egallagan 8 nafar ishtirokchi viloyat bosqichiga yo’llanma oldilar.
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati kasb-hunar tizimida 2018 yil 8-13 iyun kunlari “Yoshlar innovatsion haftaligi” o’tkazilmoqda.