YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Yilning eng yaxshi axborot-resurs markazi” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichida Toshkent viloyati 3-o’rinni egalladi.

“Yilning eng yaxshi axborot-resurs markazi” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichida Toshkent viloyati 3-o’rinni egalladi.

       “Yilning eng yaxshi axborot-resurs markazi” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichi  2018 yilning 6-7 iyul kunlari Namangan xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida o’tkazildi.
“Yilning eng yaxshi axborot-resurs markazi” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichi hakamlar hay’atiga Oliy va o’rta maxsus ta’dim vazirligi Kasb-hunar ta’limi markazi, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan soha mutaxassislari taklif etildi.
Tanlovda ishtirokchilar Nizom asosida 5 shart bo’yicha belashdilar.
Tanlovda ishtirok etayotgan Qorqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxar kasb-hunar ta’limi boshqarmalardan kelgan axborot-resurs markazi viloyat bosqichi g’oliblariga  Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan yangi nashrdan chiqqan 400 nomdagi  badiiy, ensiklopedik va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarning  elektron varinatlari va Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti tomonidan axborot-kutubxonada yangi texnologiyalarni qo’llash va axborot-kutubxonaga oid me’yoriy hujjatlar to’plami beg’araz tarqatildi.
Qiziqarli va mazmunli o’tgan Tanlovda 1-o’rinni Namangan xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji, 2-o’rinni Navbaxor “Istiqlol” sanoat kasb-hunar kolleji, 3-o’rinni Chirchiq sanoat va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji egallashdi.
Ko’rik-tanlovning Respublika bosqichi g’oliblari va ishtirokchilarga Kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan “Faxriy yorliq”lar va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.