Toshkent viloyati Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamda Toshkent viloyati OITSga qarshi kurash markazi hamkorligida 1 — dekabr Butun jahon OITS ga qarshi kurash kuni munosabati bilan kasb-hunar kollejlarida OIV infeksiyasi kasalligini oldini olish bo’yicha targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.
29 noyabr kuni Chirchiq qurilish va kommunal xo’jaligi kasb-hunar kollejida “Yoshlar OITS ga qarshi” mavzusida ma’naviy – ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Chirchiq shahridagi ta’lim muassasalari o’quvchilari o’rtasida plakatlar tanlovi o’tkazildi.Tanlov g’oliblari Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan esdalik sovg’alar va Faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
1 dekabr kuni Bo’stonliq qishloq xo’jaligi va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida 1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o’tkazilgan tadbirdan fotolavhalar.