YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Sportning mini-futbol va stol tennisi turlari bo’yicha sport musobaqalarining viloyat final bosqichi bo’lib o’tdi.

Sportning mini-futbol va stol tennisi turlari bo’yicha sport musobaqalarining viloyat final bosqichi bo’lib o’tdi.

      O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2018 yil 20 sentyabr kuni sport sohasi vakillari bilan o’tkazilgan yig’ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Kasb-hunar ta’limi muassasalarida Juma kuni «Sport, salomatlik kuni» deb e’lon qilindi.
Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 116 ta kollejlarda ommaviy badantarbiya va gimnastika mashg’ulotlarini o’tkazish maqsadida “Assalom tong” maxsus 15 daqiqali dastur ishlab chiqilib amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Haftaning xar juma kuni ta’lim muassasalarida ommaviy sport musobaqalari o’tkazilmoqda.
30 noyabr kuni O’rtachirchiq pedagogika va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida sportning mini-futbol va stol tennisi turlari bo’yicha sport musobaqalarining viloyat final bosqichi bo’lib unda 92 nafar o’quvchi-yoshlar o’zaro bellashdilar.
Mini-futbol bo’yicha Olmaliq shahar o’quvchilar jamoasi 1-o’rin, Yuqorichirchiq tuman o’quvchilar jamoasi 2-o’rin, Chirchiq shahar o’quvchilar jamoasi 3-o’rinni egalladilar.
Stol tennisi bo’yicha Matkarimova Navbahor 1-o’rin (Olmaliq shahar), Qo’shboeva Sitora 2-o’rin ( Olmaliq shahar), Ulug’bekova Farzona 3-o’rinni (Oqqo’rg’on tumani) egalladilar.
Mazkur musobaqalar 3 bosqichda o’tkazilib, 8 mingdan ortiq o’quvchilar qamrab olindi.
Musobaqa g’oliblari Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamda O’zbekiston talabalar sporti assosiasiyasining Toshkent viloyati mintaqaviy bo’limi tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.