YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / YANGI YIL TABRIGI

YANGI YIL TABRIGI

Qadrli do’stlar!

        Jonajon diyorimizda yana bir samarali yil o’z yakuniga yetmoqda. Unda erishilgan natijalarni hisob-kitob qilsak,  xalqimiz farovonligini oshirish yo’lida har yilgidan ko’ra salmoqli qadam tashlangani guvohi bo’lamiz. 2018 yilda aholining real daromadi har qachongidan ko’p — 12 foizga oshganligining o’zi fikrimizga  dalil bo’la oladi.
Hozirgi taraqqiyot yo’lini belgilashda birinchi navbatda xalq manfaatlari, omma bilan muloqot natijalari hisobga olinayotgani  birlamchi ahamiyat kasb etmoqda. Shunga asosan  yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga, zamonga munosib kadrlar tayyorlashga e’tibor berilayotgani shubhasiz, kelajakda erishajak  yuksak natijalar garovi bo’lib qoladi.
Prezidentimiz  Shavkat Mirziyoev   Oliy Majlisga 2018 yilgi Murojaatnomasida  kirib kelayotgan yangi — 2019 yilni O’zbekistonda «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» deb e’lon qilganlari  xalqimiz tomonidan qizg’in qo’llab-quvvatlandi.    Yurtboshimiz  investitsiyani  rivojlantirmay turib,  yuqori  natijaga erishib bo’lmasligini, oldimizga qo’ygan yuksak marralarga erishish uchun  chinakam  investitsiya muhitini  ta’minlashimiz lozimligini alohida ta’kidladilar.
Qadrli  hamkasblar! Aziz o’quvchi yoshlar!
Sizni, jamoamizning barcha a’zolarini kirib kelayotgan Yangi, 2019 yil bilan samimiy tabriklar ekanman, har biringizning hayotingizga, oila a’zolaringizga mustahkam sihat-salomatlik,  mehnat faoliyatida, o’qishda, jamoat ishlarida hamisha baxt va omad hamroh bo’lishini tilab qolaman!

Toshkent viloyati Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i
Xaldarbekov Azim Karimjanovich