YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati Chinoz tumanida terimchi — mexanizator Tursunoy Oxunova memorial muzeyi ochildi.

Toshkent viloyati Chinoz tumanida terimchi — mexanizator Tursunoy Oxunova memorial muzeyi ochildi.

    24 mart kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanida terimchi — mexanizator Tursunoy Oxunova memorial muzeyi ochildi. Tantanali tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, viloyat va tuman hokimligi mas’ullari, keng jamoatchilik vakillari, Tursunoy Oxunovaning oila a’zolari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, tadbirkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’z davrining qahramoni bo’lgan Tursunoy Oxunovaning hayot yo’li, mehnat faoliyatini chuqur o’rganish yoshlar uchun katta saboqdir. Chinozlik terimchi-mexanizator o’z davrining timsoliga aylangan, eng mashhur va faol ayollaridan biri edi. Uning serqirra va murakkab hayot yo’li o’zbek ayollari uchun mehnatsevarlik namunasi, mardlik va jasorat maktabi hisoblangan.
Tadbirda Tursunoy Oxunovaning dovruqli yillari, o’sha davrdagi alamli holatlar, yillar o’tgach yuzaga chiqqan haqiqatlar haqida so’z bordi. Ayniqsa, yosh qahramon qiz – Tursunoyni o’z ko’zi bilan ko’rgan, birga katta bo’lgan dugonalari, mahalladoshlari tomonidan yaxshi xotiralar eslandi. Marhumning haqiga Qur’on tilovat qilindi. Tursunoy Oxunova haykali poyiga gul qo’yilib, xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Tadbirda Toshkent viloyati hokimi G’.Ibragimov so’zga chiqdi.

Foto Uza.uz
Foto Uza.uz

Tadbirda Chinoz kasb-hunar kolleji ‘quvchilari ham ishtrok etdi.

manba: Uza.uz