YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini kasbiy ta’limda qo’llash” mavzusida kasb-hunar tizimi pedagog xodimlarining an’anaviy Avgust Kengashini sho’’ba yig’ilishi bo’lib o’tdi.

“Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini kasbiy ta’limda qo’llash” mavzusida kasb-hunar tizimi pedagog xodimlarining an’anaviy Avgust Kengashini sho’’ba yig’ilishi bo’lib o’tdi.

     2019 yil 21 avgust kuni Angren axborot texnologiyalari va sanoat kasb-hunar kollejida Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi tizimida foliyat ko’rsatayotgan Axborot texnologiyalari fani o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirokida “Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini kasbiy ta’limda qo’llash” mavzusida kasb-hunar tizimi pedagog xodimlarining an’anaviy Avgust Kengashini sho’ba yig’ilishi “Jonajon O’zbekistonim mangu bo’l omon” shior ostida bo’lib o’tdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o’z nutqisida: “Aynan zamonaviy aloqa va axborot texnologiyalari tizimini keng ko’lamda rivojlantirish mamlakatimiz va jamiyatimizning taraqqiyot darajasini ko’rsatadigan me’zonlardan biri bo’lib xizmat qiladi” degan, 2019 yil 19 mart kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni 3 tashabbusi “Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish” deb belgilangan. Ushbu qo’yilgan asosiy maqsadlardan kelib chiqib shu’ba yig’ilishida Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bosh uslubchi maslahatchisi — L.A.Gafarova, Angren axborot texnologiyalari va sanoat kasb-hunar kolleji direktori F.A.Ismoilov. Angren transport va xizmat ko’rsatish kasb-xunar kolleji O’IBDO’ A.Mamatalievlar so’zga chiqdi va “Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini kasbiy ta’limda qo’llash” mavzusida fikr muloxazalar va takliflar berib dolzarb muammolar xal etilib yangi o’quv yilida amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.