YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Boshqaruvda kompetentli yondashuv hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarni kasbiy ta’limda qo’llash: tahlillar, muammolar va yechimlar” mavzusida kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlarining An’anaviy avgust kengashi bo’lib o’tdi.

“Boshqaruvda kompetentli yondashuv hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarni kasbiy ta’limda qo’llash: tahlillar, muammolar va yechimlar” mavzusida kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlarining An’anaviy avgust kengashi bo’lib o’tdi.

   2019 yil 26 avgust kuni Bo’stonliq tumanida “Boshqaruvda kompetentli yondashuv hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarni kasbiy ta’limda qo’llash: tahlillar, muammolar va yechimlar” mavzusida kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlarining an’anaviy Avgust kengashi bo’lib o’tdi.
An’anaviy avgust kengashi yig’ilishi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi “Oliy va o’rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni islox qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5763-son farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi “ Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4391-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashga qaratildi.
2018/2019 o’quv yilida ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan ishlar taxlil qilindi, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o’qishga qiziqishini oshirish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirishga qaratilgan “Kitob marafoni” tashkil etildi.
2018/2019 o’quv yilida samarali mexnat qilgan kasb-hunar kollejlari direktorlari, direktor o’rinbosarlari, pedagoglar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasining faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
An’anaviy avgust kengashi yig’ilishida Bo’stonliq tumani hokimi Madaminov G’ayrat Gulomjonovich ishtirok etib ma’ruza qildi hamda konfrensiya ishtirokchilarini Mustaqillik bayrami va yangi o’quv yili bilan qizg’in tabrikladi.
Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi vvb A.Zakirov “Boshqaruvda kompetentli yondashuv hamda innovasion ta’lim texnologiyalarni kasbiy ta’limda qo’llash: tahlillar, muammolar va echimlar” mavzusida ma’ruza qildi.
Shuningdek konfrensiya ishida davlat va jamoat tashkilotlari, OAV lari vakillari hamda Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi xodimlari va barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarining direktorlari ishtirok etdilar.