YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonunini qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan insholar tanlovi o‘tkazildi.

«O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonunini qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan insholar tanlovi o‘tkazildi.

Toshkent viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasrrufidagi kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilari o’rtasida «O’zbekiston Respublikasining Davlat tili to’g’risida»gi Qonunini qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan 3 bosqichda insholar tanlovi o’tkazildi.
Mazkur tanlovning birinchi bosqichi 2019 yil 9 oktabr kuni barcha ta’lim muassasalarida yuqori saviyada tashkil etildi, 15400 dan ortiq o’quvchilar «Til millat ko’zgusi», «Til borki, millat barhayot!», «Tilga e’tibor elga e’tibor» mavzularida insho yozdilar.
2019 yil 15 oktabr kuni insholar tanlovining hududiy bosqichlari o’tkazildi. Hududiy bosqichda 90 nafar o’quvchilar ishtirok etdilar
2019 yil 21 oktyabr kuni Qibray energetika kasb-hunar kollejida tanlovning viloyat bosqichi o’tkazildi.
Toshkent viloyatidagi mavjud 22 ta hududdan g’oliblikni qo’lga kiritgan 22 nafar o’quvchilar o’rtasida o’tkazilgan tanlovning viloyat bosqichida Olmaliq Konchilik kasb-hunar kollejining o’quvchisi Turdiboeva Zulxumor faxrli birinchi, Yangiyo’l xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejining o’quvchisi Xoldarova Diyora ikkinchi, Oxangaron shahar sanoat kasb-hunar kollejining o’quvchisi Eshboeva Ziyoda uchinchi o’rinni egalladi.
G’oliblar Toshkent viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.