YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Fuqaro U.Nurmatova Bo’ka maishiy xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji direktori ustidan shikoyat qilmoqda

Fuqaro U.Nurmatova Bo’ka maishiy xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji direktori ustidan shikoyat qilmoqda

   Bo’ka maishiy xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida pedagogik  xodimlarni ishdan bo’shatilganligi va boshqa xolatlar yuzasidan bugungi kunga qadar Respublika viloyat va tuman mutasaddi tashkilotlar tomonidan besh marotaba tekshiruv o’tkazilgan.
Fuqaro U.Nurmatovaning mazkur murojaati bo’yicha Toshkent viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan o’z xulosasini berish uchun 2019 yil 8 noyabrdagi AZ-01/08-668-sonli xat Bo’ka tuman prokuraturasiga navbatdagi tekshiruv yakuni bo’yicha ma’lumotnoma nushasini taqdim etishligi yuzasidan  yuborilgan.
Ma’lumotnoma olingandan keyin Toshkent viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi o’z munosabatini bildirishi mumkin.