YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Angren shahrida professional ta’limi tizimi muassasalari faoliyat yuritadi.

Angren shahrida professional ta’limi tizimi muassasalari faoliyat yuritadi.

   Ma’lumki, professional ta’lim dasturlari YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta’limning halqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg’unlashgan ta’lim tizimini ilg’or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish maqsadida yurtboshimiz tomonidan 2019 yil 6 sentyabr kuni “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 5812-sonli O’zbekiston Respublikasi Farmoni qabul qilindi.

         Ushbu Farmonning mazmun-mohiyatini aholi va yoshlar o’rtasida tushuntirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan Angren sanoat va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji direktori Uralov Sirojiddin Ahmadalievich tomonidan shu yilning 22 noyabr kuni shaxrimizning 41-umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf o’quvchilari va maxalla faollari bilan uchrashib, shaxrimizda kelgusi 2020/2021 o’quv yilidan faoliyat yuritadigan professional ta’lim muassasalari to’g’risida taqdimot ko’rinishida davra suxbati o’tkazildi.

         Shaxrimizda faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollejlari bazasida tashkil etiladigan tizimda mos ravishda boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat 7 ta professional ta’lim muassasalari tashkil etiladi.

         Kasb-hunar maktablarida:

  • kadrlar tayyorlash umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integrasiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi;
  • ta’lim olayotgan o’quvchilar O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi. Bunda, kasb-hunar maktablari o’quvchilarini uch mahal ovqat bilan ta’minlash yoki mazkur ovqat pullarini ularga to’lab berish hukukiga ega;
  • joriy saqlash, faoliyatni yuritish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va kadrlar tayyorlash xarajatlari O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi;
Mavjud kasb-hunar kollejiKelgusi 2020/2021 o’quv yilidan nomlanishi
1Angren axborot texnologiyalari va sanoat kasb-hunar kolleji1-sonli kasb-hunar maktabi
2Angren transport va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji2-sonli kasb-hunar maktabi

     

Kollejlarda:

  • kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kamida umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar hisobidan kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
  • joriy saqlash, faoliyatni yuritish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va kadrlar tayyorlash xarajatlari tegishli vazirlik, idoralarning byudjetdan tashqari mablag’lari, o’quvchilarni davlat buyurtmasi va to’lov-kontrakt asosida o’qitishdan tushadigan mablag’lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Mavjud kasb-hunar kollejiKelgusi 2020/2021 o’quv yilidan nomlanishiTasarrufgan olgan vazirlik, tashkilot
1Angren pedagogika va xizmat ko’rsatish kollejiAngren pedagogikakollejiMaktabgacha ta’lim vazirligi
2Angren tibbiyot kollejiAngren tibbiyot kollejiSog’liqni saqlash vazirligi
3Angren sanoat va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejiAngren ko’mir sanoati kolleji“O’zbekiston temir yo’llari” AJ

 

Texnikumlarda:

  • kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3 yoki 4-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kamida umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo’lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
  • o’rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o’z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o’qishini davom ettirish huquqiga ega bo’ladi;
  • joriy saqlash, faoliyatni yuritish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va kadrlar tayyorlash xarajatlari tegishli vazirlik, idoralarning byudjetdan tashqari mablag’lari, o’kuvchilarni davlat buyurtmasi va to’lov-kontrakt asosida o’qitishdan tushadigan mablag’lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Mavjud kasb-hunar kollejiTasarrufga olgan oliy ta’lim muassasasi
1Angren politexnika kasb-hunar kollejiToshkent Davlat Texnika universiteti
2Angren kimyo sanoati kasb-hunar kollejiToshkent kimyo-texnologiya instituti

 

Demak, shaxrimizdagi professional ta’lim muassasalarida o’qish muddati quyidagicha farqlanadi:

 

1Kasb-hunar maktablarida2 yil
2Kollejlarda2 yilgacha
3Texnikumlarda2 yil

Suhbat maktab bitiruvchi o’quvchilari tomonidan o’zlarini qiziqtirgan savollar asosidagi baxs-munozaralarga boy bo’lib, qizg’in davom etdi.

Farxod Zulfikorov – Angren sanoat va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji YoIBT etakchisi.