YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Teatr va san’at-insonning yuksak fazilatlaridan darak beradi, adabiyot esa uni kuchli kasb egasi darajasiga ko‘taradi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

“Teatr va san’at-insonning yuksak fazilatlaridan darak beradi, adabiyot esa uni kuchli kasb egasi darajasiga ko‘taradi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Oqqo‘rg‘on tumani Agrosanoat va tadbirkorlik kasb-xunar kollejida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muxim tashabbus ijrosi yuzasidan to‘garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘quvchi yoshlarning adabiyot, teatr va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan “Teatr va san’at-insonning yuksak fazilatlaridan darak beradi, adabiyot esa uni kuchli kasb egasi darajasiga ko‘taradi” deb nomlangan viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.A.Umaraliyev, Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarma boshlig‘i A.K.Zakirov, Toshkent viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasing bosh mutaxassisi S.Xamraqulova, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi G.Sh.Ziyodullayeva,  Oqqo‘rg‘on tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari J.Djanikulov va viloyatdagi mavjud tuman va shahar kasb-xunar kollejlari direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda shu xududdagi kollej o‘quvchilari ishtirok etdi.

Dastlab o‘quvchilarning chiqishi “Tabarruk dargoh” deb nomlanib o‘zlari yashayotgan tuman, viloyat, taqsil olayotgan ta’lim muassasasidagi amalga oshirilayotgan ibratli ishlar, o‘zgarishlarni o‘rni va axamiyati xaqida san’at turlaridan foydalanib namoyish etdilar.
So‘ngra o‘quvchilar “Bolaga kitob bering” deb nomlangan musiqiy saxna ko‘rinishini namoyon qildilar.
O‘quvchilar tamonidan Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asaridan “Oy etak bilan yopilmas. Maktub. Qudalarni kutish” bo‘limlaridan  xalqimizning o‘tmishdagi azob-u qiyinchiliklarga limmo-lim hayotni aks ettirgan, yoshlarni tarbiyaga chaqiruvchi hayotnii aks ettirgan  sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Bundan tashqari teatrning qo‘g‘irchoqli turidan foydalanib “Xonatlas tarixi” va  jahon adabiyotidan  U.Sheksperning “Ottelo” tragediyalari o‘quvchilar tamonidan ijro etildi va tadbir ishtirokchilarida zamonamiz qaxramonlarining buyuk ishlari, o‘z tengdoshlari va ularning ibratli ishlarini o‘quvchi yoshlar tarbiyasidagi axamiyati xaqida taassurot qoldirdi.