YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / REFERENDUM VA YOSHLAR

REFERENDUM VA YOSHLAR

28-mart kuni Toshkent viloyati Angren pedagogika kollejida «Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!» shiori ostida hamda «Referendum va yoshlar» mavzusida tadbir o’tkazildi.

❇️ Tadbirda referendum tushunchasining mazmun mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiya O’zbekiston jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi haqida tushuntirishlar berildi.

✅ Tadbirda Angren shahar Adliya bo’limi boshlig’i Qalandarov O.R, Bosh yurist konsulti Xusanov R.X, o’qituvchi va o’quvchi yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida o’quvchi yoshlarning savollariga mutahasislar tomonidan javob berildi.

✅ O’quvchilar tomonidan raqs va qo’shiqlar ijro etilib, tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.