YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Ona yurtim maskanlari urf — odatlari, udumlari

Ona yurtim maskanlari urf — odatlari, udumlari

30 mart kuni Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tuman 2-son kasb-hunar maktabida o’quvchi yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat hissini kuchaytirish maqsadida «Ona yurtim maskanlari urf — odatlari, udumlari» mavzusida milliy sayl bo’lib o’tdi.

❇️ Saylda urf odatlarimiz bo’lgan «Kelin salom», milliy raqs va qoshiqlar ,laparlar ijro etildi. Shu bilan birga guruhlar o’rtasida sport musobaqalaridan: milliy kurash, arqon tortish musobaqalari barcha ishtirokchilarda katta ta’ssurot qoldirdi.

♻️ Saylda Oqqo’rg’on tuman prokuror yordamchisi, 2-darajali yurist X.R. Xolmatov, «Xosildor» MFYi raisi M.O. Ravshanov, «Xosildor» MFYi xotin- qizlar faoli T.E.Chintoshevalar ishtirok etib saylni ko’tarinki ruhda o’tishida barchaga a’lo kayfiyat tiladilar.
Sayl qiziqarli, mazmunli va a’lo darajada bo’lib o’tdi.