YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Informatika va axborotlar texnologiyasi” fan oqituvchilari uchun oquv-amaliy seminar o’tkazildi

“Informatika va axborotlar texnologiyasi” fan oqituvchilari uchun oquv-amaliy seminar o’tkazildi

7-aprel kuni Toshkent viloyati Bekobod shahar kasb-hunar maktabida “Insonga etibor va sifatli talim yili” shiori ostida professional talim muassasalarining “Informatika va axborotlar texnologiyasi” fan oqituvchilari uchun oquv-amaliy seminar o’tkazildi.

❇️ Seminarda Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent viloyati hududiy boshqarma vakillari, kasb-hunar maktablari, texnikum va kollej o’qituvchilari ishtirok etdi.

✅ Seminarda ta’lim va tarbiya sifatini oshirishda amalga oshirib kelayotgan ishlar, AKT yo’nalishining o’qitilishida istiqbolli rejalar, takliflar muhokama qilindi.

«Referendum — 2023: Kelajaging uchun ovoz ber! mavzusiga alohida e`tibor qaratildi. Yangilanayotgan Konstitutsiyaning insonlar hayotida tutgan oʻrni, unga kiritilayotgan yangi qoʻshimchalar va ularning ahamiyati haqida ma’lumot berildi.