YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Yoshlar siyosati amalda

Yoshlar siyosati amalda

11 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo’lib o’tgan videoselektor yig‘ilishida  berilgan topshiriqlari ya’ni ta’lim muassasalari hududida ijodiy va kino kechalari, raqslar, diskotekalar, viktorinalar, “Quvnoqlar va zukkolar” va boshqa bilimga chorlaydigan va ko‘ngilochar tadbirlarni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini uyushtirish vazifasi qo`ylgan edi.

 

12 aprel kuni Toshkent viloyati Bekobod shahar kasb-hunar maktabi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Bekobod shahar hokimi N.Babayev ochib  bugungi kunda yoshlarga katta e’tibor berilayotgani va keng imkoniyatlar yaratilganligi to‘g‘risida fikr mulohazalar bildirldi.

 

Tadbirda shahrimiz sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilot vakilari ishtirok etib,  yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

O‘quvchi yoshlarga «Zakovat intellektual o‘yini», sport turlari bo‘yicha futbol, arqon tortish, shahmat-shashka, tennis o‘yinlari tashkil qilindi.

Tadbir so‘ngida gulhan atrofida turli kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.