Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi – eng faol jamoa deb topildi
❇️ Joriy yilning 19-may kuni Toshkent viloyati hokimligi tomonidan Nurafshon shahrida “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostida ommaviy yurish marafoni o`tkazildi.
Marafonda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi jamoasi, viloyat oliy va professional ta`lim muassasalari faol ishtiroq etdilar.
Marafon yakuni bo`yicha Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi – eng faol jamoa deb topildi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig`i Nasiba Kulbekova Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshliği, general T.Aripov tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.