YANGILIKLAR
Домой / Buyuk siymolar

Buyuk siymolar

6181amir_temur_1Amir Temur va Temuriylar.

Amir Temurning siyosiy maydonda paydo bo’lishi XIV asrning 60 yillaridan boshlandi. Bu davrda, ya`ni XIV asrning o`rtalarida Chag`atoy ulusi ikki qismga Mavarounnaxr va Mug`ulistong`a bo’linib ketgan edi. Har ikkala xududda ham siyosiy parokandalik kuchayib chingiziy shaxzodalar o’rtasida xokimiyat uchun kurash avj olgan edi. Chig`atoy ulusining har ikkala qismi mayda mustaqil beklarga bo`linib ketdi. Ulusning “G’arbiy qismida hokimiyatni asosan turk-mug`ul qabila boshliqlari egallagan. Masalan, Kesh shaxri va viloyat amir Xoji Barlos, Xo`jand viloyati Boyazid jaloir, Balx viloyati Amir Qozag`onining nabirasi Amir Xusayn qo`liga o`tdi. Ana shunday bir qiyin siyosiy vaziyatda Sohibqiron Amir Temur tarix saxnasiga chiqdi.

            Amir Temur 1336 yil  9 aprelda Keshga qarashli Xo`ja Ilg`or (hozirgi Yakkabog` rayoni) qishlog`ida barlos beklaridan biri Amir Tarag`ay ibn Barqol oilasida dunyoga keldi.

            Temurning bolaligi va o`spirinlik yillari Keshda o`tdi.

            1350-1360 yillar oralig`ida Amir Temur unchalik katta bo`lmagan otliqlar, yaxshi qurollangan kishilar guruhini tuzdi.

            1360-1361 yillarda Mo`g`uliston hukumdori hoqon Tug`luq Temur hech qanday qarashiliksiz Movaraunnaxr yyerlariga bostirib kiriganida bu yyerdagi mahalliy beklar, jumladan, kesh hokimi Hoji Barlos ham Xurosonga qochadi. Vatanvarlik, milliy g`urur va iftixor hissiyoti qalbida jo`sh urgan yosh Temur o`z ona tuprog`ini dushman qo`liga byermaslik uchun Tug`luq Temur xizmatiga kirishga majbur bo’ladi va bu xizmati evaziga Kesh viloyati yyerlariga hokimlik qilish uchun yorliq oladi.

            Tug`luq Temur 1361 yilda Movaraunnaxrni boshqarishni o`g`li Iles xo`jaga topshirganida Temur Iles xo`jaga xizmat qilishdan bosh tortadi va o`sha vaqtda Balx hokimi bo`lib turgan Amir Xusayn bilan ittifoq tuzib, mo`g`ullarga qarshi kurash Iles xo`ja boshlaydi.

            1365 yilda qo`shinlari bilan ittifoqdoshlar Amir Xusayn va Amir Temur qo`shinlari o`rtasida Toshkent va Chinoz oralig`ida mashxur loy jangi bo`lib o’tdi va bu jangda ittiioqdoshlar mag`lubiyatga uchraydi.

            Lekin mo`g`illar Samarqand shahrida sarbardorlar qarshiligiga duch kelib Movaraunnaxrni tark etib ketishga majbur bo`ladilar.

            Bu davrda Movaraunnaxrda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol og`irlanib, mamlakatda o`zaro urushlarga barham byeradigan markazlashgan davlat barpo etish tarixiy zaruryatiga aylanib qolgan edi. Buni chuqur anglab yetgan Amir Temur Movaraunnaxr hukumdori Amir Husaynga qarshi kurash olib borib 1370 yilda Movaraunnaxr taxtini egallashga muvoffiq bo`ldi.

            Temur markazlashgan davlatni barpo etish maqsadida Kesh shahridan Samarqandga ko`chib o`tib, uni Mavoraunnxrning poytaxtiga aylantiradi va jangovor milliy qo`shin tuzadi.

            Temur davlat boshqaruvida, ichki va tashqi siyosatda asosan o`z qo`shinlariga suyanganligi sababli harbiy islohatni amalga oshirishga ayniqsa e`tibor qaratadi. U qo`shinlarini o`nlik, yuzlik, minglik kabi askariy birikmalarga bo`lgan.

            Temur Movaraunnaxr taxtni egallagan vaqtdan boshlab, o`z davlati chegyeralarini kengaytirishga kirishadi. Shu maqsadda u Amudaryo va Sirdaryo oralig`idagi yyerlarni o`z tasarrufiga oladi.

1388 yilda Xorazmni bo`ysundiradi.

            Temur o`zining uch yillik (1386-1388), besh yillik (1392-1398) yurishlari davomida Yeron va Xurosonni o`z tasarrufiga oladi.

            Temur Movaraunnaxrning to`la mustaqilligiga yerishishi uchun mo`g`ul xonlari havfini tugatish zarurligini tushindi va 1389 yilning bahorida Sirdaryo bo`yidagi Zarnuq tumanida, 1391 yilning yozida Samara shahri bilan Chistopol o`rtasidagi Qunduzga degan  joyda, 1395 yil 15 aprelda Kavkazdagi Tyerek daryosi bo`yida Oltin O`rda xoni To`xtamish bilan uch marta jang qilib uni mag`lubiyatga uchratdi.

            Amir Temur 1398 yilda Hindistolnga qilgan yurishda Dehli shahrini, 1400 yilda Suriyaga qilgan yurishida Halab va Baytun shaharlarini, 1401 yilda Damashq shahrini egallaydi.

            1402 yilda usmoniylar impyeriyasining sultoni yildirim Boyazidga qarshi yurishida uni mag`lubiyatga uchratdi.

            Temur 1404 yilning oxrida katta qo`shin bilan Xitoy safariga otlandi. Yulda Temur betob bo`lib uning qo`shinlari 1405 yilning yanvar oyida O`tror shaxrida to`xtaydilar va shu yyerda 1405 yilning 18 fevralida Amir Temur vafot etadi.

            Buyuk sohibqiron Amir Temur o`zining 35 yillik hukromligi davrida markazlashgan katta davlat tuzishga muvoffaq bo`ldi.

Temur turk-mo`g`ul an`analariga amal qilgan holda o`z davlati hududlarini suyurg`ol (ulus) tariqasida in`om qilish yo`li bilan boshqargan va Movaraunnaxrdan tashqaridagi yyerlarini to`rt ulusiga bo`lib, farzandlariga in`om etdi.

Uluslar o`rtasida o`zaro nizolar kelib chiqmasligi uchun ularning faoliyatini doimo o`zi nazorat qilib turadi.

            Amir Temur hukmronlik qilgan davrida davlatning markaziy ma`muriyat boshida devonbegi, arkbegi va to`rt vazir turgan.

            Yyerga egalik shakllari-suyurg`ol yyerlar, vaqf yyerlar, jamoa yyerlari edi. Amir Temur davrida asosiy soliq daromad solig`i-xiroj bo`lib, u olinadigan daromadning uchdan bir qismiga teng bo`lgan.

            Amir Temur mamalakat obodchiligiga juda katta e`tibor byerdiyu Mo`g`ullar tomonidan vayron qilingandan so`ng 150 yildan keyin Samarqand qayta tiklandi. U poytaxtga aylantirilib bu yyerda dunyoning yirik shaharlaridan keltirilgan binokorlar, me`morlar tomonidan masjidlar, madrasalar, maqbaralar bino etildi.

            Sohibqironning ona yurti Keshga ham katta katta diqqat-e`tibor qaratildi. Bu shaharda Oqsaroy, jome masjid, madrasalar barpo etildi. Turkiston shahrida Xoja Axmad Yassaviy maqbarasi bunyod etildi.

            Buxoro, Shaxrisabz, Toshkent  kabi shaharlar savdo va hunarmandchilik markazalari sifatida rivojlanib bordi. Savdo yo`llari rivojiga, uning tinchligiga keng e`tibor byerildi.

            Amir Temur chet davlatlar bilan aloqani keng yo`lga qo’ydi. Sohibqironning Yildirim Boyazid ustidan bo`lgan g`alabalaridan so`ng Fransiya, Angliya, Genuya va Vizantiya yerkin aloqalarni, savdogarlar va mol almashishni taklif etgan. Bu davlatlarning hukmdorligi sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari o`rnatishga intilganlar. Ular sohibqiron huzuriga muntazam elchilar yuborib turganlar.

Amir Temur davrida diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror bo’lgan.

Temur davridlagi ilm-fan, me`morchilik, san`at sohalari o`z davriga nisbatan o`ta darajada rivojlanib, yuksak ma`naviy boylik darajasiga ko`tarildi.

            Amir Temur va temuriylar davrida yozilgan tarixiy asarlar anchagina bo`lib, ular orasida Temur tuzuklari buyuk jahongir hayotiga va faoliyatiga bag`ishlangan asarlar ichida shuhbasiz, alohida ahamiyat kasb etadi.

            Temur tuzuklarining Sharq yulduzi jurnali 1989 yilda chop etgan forschadan tarjimasiga yozib byergan o`z muqaddimisida prof. Bo`riboy Ahmedov bunday deb qayd etadi Mutaxassis olimlarning (A.A.Semenov, Ch.R`e, E.G.Braun va boshqalar) so`zlariga qaraganda, Temur tuzuklari boshda turkiy tilda yozilgan va uning bir nusxasi Yaman hokimi Ja`far poshaning kutubxonasida saqlangan (Sharq yulduzi, 1989, 8 son     128 bet).

            Temur tuzuklari ikki qism, 56 ta banddan iborat tarixiy va huquqiy asar bo`lib, unda sohibqironning davlat tuzilish va mamlakatlarni boshqarish xususidagi nuqtai nazari bayon qilindi. Bu asardan ko`plab sharq hukmdorlari o`zlarining faoliyatlari davomida foydalanganlar va unga yuqori baho byerganlar.

            Tuzuklarning birinchi qismida Amir Temurning bolalik davridan to vafotiga qadar (1342-1405-yil  18-fevral) kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning Movaraunnaxrda markaziy hokimniyatni qo`lga kiritishi, ijtimoiy tarqoqlikka barham byerishi va markazlashgan davlat to`zishi, Oltin O`rda xoni To`xtamishxon ustidan g`alabasi, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarbayjon, Turkiya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari bayon etilgan.

            Ikkinchi qismi Sohibqironning nomidan aytilgan va uning toju-taxt vorislariga atalgan o`ziga xos vasiyat va pandu nasixatlaridan iboratdir. Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toju-idora  egalarining burchi va vazifalari, vazir va qo`shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar va boshqa mansabdorlarning toju-taxt oldida ko`rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va hokazolar xususida gap boradi.

            1405 yilda Amir Temur vafotidan so`ng uning yirik davlati parchalana boshladi. Buning asosiy sababi-temuriy shahzodalarning taxt uchun o`zaro kurashlari edi. Temurning nabirasi PirMuhammad valiahd qilib qoldirilgan bo`lsa da, ko`pgina amirlar va amaldorlar uning hukmronligini tan olmadilar. Temurning boshqa bir nabirasi Halil Sultan Samarqand taxtini egalladi.

            Temurning o`g`illaridan biri Shaxrux uzoq tortishuvlardan so`ng 1409  yili temuriylar davlatining oliy hukmdori deb tan olindi. Uning davlatining poytaxti Hiron shaxri bo`ldi. Movaraunnaxr yerlarini 1409 yildan boshlab Shohruhning to`ng`ich o`g`li Mirzo Ulug`bek boshqara boshladi. Ulug`bekning hukmronlik davri (1409-1449) asosan, Movaraunnaxrda ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, ilm-fan va madaniyatining rivojlanishi bilan izohlanadi.

            1447 yilda Shohruh Mirzo vafotidan so`ng Temurzodalar o`rtasida kurash boshlanib ketdi. Ulug`bekning shuhratparast o’g`li o`z otasiga qarshi urush boshladi. Oqibatda 1449 yilning oktyabr oyi oxirlarida Ulug`bek fojiali halok bo`ldi. Bu voqeadan so`ng Temuriy shahzodalar o`rtasida toj-taxt uchun kurash yana avj oldi.

            Padarkush Abdulatif 1450 — yilning 8 — mayida Samarqand yaqinida o`ldirildi. Bundan keyin 1451 — yilning yozigacha Samarqand taxtini Mirzo Abdulla egalladi. So`ngra taxtni ko`chmanchi o`zbeklar xoni Abulxayr yordamida Abdusaid egalladi. Abusaid vafotidan so`ng Xuroson taxtini 1469 — yildan boshlab Xusayn Boyqaro egalladi. U 1506  yilgacha hukmdorlik qildi. Uning davrida buyuk shoir va mutafakkir Alishyer Navoiy davlat ishlariga faol qatnashdi.

She’riyat tongining yulduzi. ZULFIYA

Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. O’n yetti yoshida «Hayot varaqalari» deb atalmish dastlabki she’riy kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o’ttizga yaqin she’riy to’plamlar, o’ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o’ylatadigan, barcha kishilarga Jaxldor bo’lgan holatlarni she’rga soladi. Shuning uchun ha416zulfiyam yozganlari ko’pchilikka manzur bo’ladi. Zulfiyaning ulkan iste’dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e’tirof etilgan. U — xalqaro «Nilufar» mukofoti egasi.

Zulfiya (1915—1996) Oʻzbek shoirasi. Taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiya 1915- yilning 1-martida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug’ildi. 1922-yildan 1931-yilgacha maktabda, so’ng 1931 — 1934-yillar orasida qizlar bilim yurtida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935 — 1938- yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938 — 1948-yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, Oʻzbekiston davlat nashriyoti bo’lim mudiri, 1953- yilgacha «Saodat» jurnalida bo’lim mudiri, 1953- yildan to 1980-yilga qadar, salkam o’ttiz yil davomida, shu jurnalning Bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o’rtog’i, o’ziga xos she’riyati biian minglab kitobxonlar qalbini rom etgan iste’dodli shoira Zulfiya 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi.

Zulfiya (taxallusi; toʻliq ism sharifi Zulfiya Isroilova) (1915.1.3— Toshkent — 1996.1.8) — shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965). Mehnat Qahramoni (1984). Shoir Hamid Olimjonning rafiqasi. Xotin-qizlar ped. bilim yurtini tugatgach (1931—34), Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot in-ti aspiranturasiga oʻqishga kirgan (1935). Soʻng Yoshlar va oʻsmirlar adabiyoti nashriyotida muharrir (1938—40), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941— 50), «Oʻzbekiston xotin-qizlari» (q. «Saodat») jur.da boʻlim mudiri (1950—53), bosh muharrir (1954—85) boʻlib ishlagan.

40-y. lar oxirida eʼlon qilingan Sovet davlatining sanʼat va adabiyot toʻgʻrisidagi qarorlari oʻzbek adabiyo-tiga ham katta zarar keltirdi. Zulfiya bad-bin kayfiyatlar — pessimistik kechinmalar kuychisi sifatida taʼna toshlari ostida qoldi. Shundan keyin u, boshqa qalamkash birodarlari singari, «davr gʻoyalari» ni ifodalovchi sheʼrlar yozishga oʻtdi. Lekin koʻp oʻtmay, oʻzbek ayollari hayotini yaxshi biluvchi shoira va jurnalist sifatida dugonalari haqida sheʼr va publitsistik maqolalar yozdi, ularni ijtimoiy faollikka chaqirdi, insoniy haq-huquqlarining poymol boʻlmasligi uchun kurashdi.

50-y.larning 2-yarmida u Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik shiori ostida oʻtgan harakatida faol qatnashib, jahonning koʻpgina mamlakatlarida boʻldi. Hindiston, Misr, Yaponiya va qoʻshni respublikalarga qilgan safari shoira ijodida chuqur iz qoldirdi. «Mushoira», «Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush», «Qozogʻiston oʻlanlari», «Men chizolmagan surat» singari sheʼrlari Zulfiyaga shuhrat keltirdi. Zulfiya sheʼrlarida tasvir etilayotgan hayot koʻlami kengayb, ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi. 70-y. lardan boshlab uning ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo boʻldi, haqqoniylik va his-hayajon kuchaydi. «Oʻylar» (1965) sheʼriy guldastasi b-n boshlangan voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili «Visol» (1972), «Yillar, yillar…» (1975) sheʼriy kitoblarida davom etib, shoira ijodida chinakam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi. U yana doston janriga qaytib, ustoz Oybekning soʻnggi safariga bagʻishlangan «Quyoshli qalam» (1970) dostonini yaratdi. Ayni paytda shoira bolalarga bagishlangan turkum sheʼrlar ham yozdi («Lolaqizgʻaldoq», 1975).

Zulfiya hayotining muhim bir qismini Hamid Olimjonning adabiy merosini oʻrganish va nashr etish ishiga bagʻishladi. Ana shu jarayonning uzviy qismi sifatida u shoirning «Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod» dostoni asosida qoʻgʻirchoq teatri uchun «Semurgʻ» pyesasi (S. Somova b-n hamkorlikda) hamda «Zaynab va Omon» operasi librettosini yozdi.

  1. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov. N. A. Nekrasov, M. Voqif, L. Ukrainka, M. Dilboziy, S. Kaputikyan, E. Ognetsvet, Mustay Karim, Amrita Pritam, Ye. Bagryana va b. ning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari koʻplab chet tillarda, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillarida nashr etilgan. Zulfiya xalqaro Javaharlal Neru (1968), «Nilufar» (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1970) laureati. Shuningdek, u Bolgariyaning «Kirill va Mefodiy» (1972) ordeniga sazovor boʻlgan.

Oʻzbekistonda atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi. Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur ma’naviyatimiz xazinasidir.

Bobur (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.

Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qut9844z-m-boburlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonnint qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamroxlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilmfanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi.

Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur sufiy — Xoja Ahrortya ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, «Boburnoma» asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizliqdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494 yil iyun).

Movarounnahr 15-asr oxirida oʻzaro nizolashayetgan temuriy shahzodalar yoki mulkdor zodagonlar boshchilik qilib turgan, deyarli mustaqil boʻlib olgan koʻpdankoʻp viloyatlarga parchalanib ketgan edi. Movarounnahr taxti uchun kurash avjga chiqqan, turli siyosiy fitnalar uyushtirilmoqda edi. Buning ustiga Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukmdorga (Boburga) buysunishdan bosh tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa, baʼzilari mustaqillik daʼvosini qiladi, yana boshqa birlari Boburga raqib, boshqalari amaki, togʻalariga qoʻshilib, uni jismonan yoʻqotish payiga tushadi. Oʻz amakisi va togʻasi boʻlmish Sulton Ahmad Mirzo bilan Sulton Mahmudxon xurujlarini daf qilgan Bobur hukmronligining dastlabki 2— 3 yilida mavqeini mustahkamlash, bek va amaldorlar bilan oʻzaro munosabatni yaxshilash, qoʻshinni tartibga keltirish, davlat ishlarida intizom oʻrnatish kabi muhim choratadbirlarni amalga oshiradi. Boburning dastlabki siyosiy maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti, strategik va geografik jihatdan muhim boʻlgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborat edi. Bu paytda, qisqa muddat ichida Samarqand taxtiga uchinchi hukmdor kelgan edi. Sulton Ahmad Mirzo vafoti (1494 yil iyul) dan keyin taxtga oʻtirgan Sulton Mahmud Mirzo Samarqandda davlatni 5—6 oydan ortiq idora etmadi — qisqa muddatli kasallikdan soʻng 43 yoshida vafot etdi. Uning oʻrniga Buxoroda hokim boʻlgan oʻgʻli Boysungʻur oʻtiradi. 1495— 1496 yillarda Bobur Samarqandga ikki marta muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. 1497 yil kuzida u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va 7 oylik qamaldan soʻng Samarqandni egallaydi, Boysungʻur Qunduzga qochadi. Shahar qamal tufayli nihoyatda ogʻir kunlarni boshidan kechirmoqsa edi. Hatto ekkulik don ham topish mushkul edi. Bobur qoʻshinni taʼminlashda katta qiyinchiliklarga duch keldi. Navkarlaridan ayrimlari Andijon va Axsi tomon qochib ketadilar. Buning ustiga Andijonda qolgan ayrim beklar Boburdan yuz oʻgirib, uning ukasi Jahongir Mirzo tarafiga oʻtadilar. Andijondan koʻngli notinch boʻlgan va iqtisodiy qiyinchiliklarga uchragan, ayni zamonda ogʻir xastalikni boshidan kechirgan Bobur Samarqandni yuz kun idora etgandan soʻng , uni tark etishga qaror kiladi. Ammo Xoʻjandga yetganda Andijon ham qoʻldan ketib, muxoliflar ixtiyoriga oʻtganini eshitadi. Boburning Toshkent hokimi, togʻasi Mahmudxon koʻmagida Andijonni qayta egallashga urinishi natija bermaydi, Bu muvaffaqiyatsizlik Bobur qoʻshiniga salbiy taʼsir etib, koʻpchilik bek, navkarlar (700—800 kishi) Boburni tark etadi. Oʻziga sodiq kishilar (200—300) bilan qolgan Bobur maʼlum muddat Xoʻjandda turgach, Toshkentga — Mahmudxon huzuriga kelib, Andijonni qaytarib olish rejasini tuza boshlaydi. Maʼlum muddat oʻtgach, Bobur Xoʻjandga qaytadi, koʻp oʻtmay, Margʻilonni qoʻlga kiritadi hamda Andijonni egallash tadbirlarini koʻradi. Nihoyat, 2 yildan soʻng (1498 yil iyun) uni qayta qoʻlga kiritadi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan sulh tuzib, uning ixtiyorida «Xoʻjand suvining Axsi tarafi viloyatlarini…» qoldiradi, Andijon tarafi viloyatlarini oʻz tasarrufiga oladi.

Temuriylarning oʻzaro urushlari kuchaygan kezlarda Shayboniyxon Movarounnahrni istilo qilishga kirishadi. U 1499 yil Jizzax va Samarqand orqali Qarshi va Shahrisabzgacha bosib boradi, katta oʻlja bilan Dashti Qipchoqqa qaytadi. Oradan koʻp oʻtmay,katta kuch bilan Movarounnahrga qaytgan Shayboniyxon Buxoro va Qorakoʻlni egallaydi (1499), Sulton Ali Mirzo kaltabinlik bilan Samarqandni Shayboniyxonga jangsiz topshiradi (1S00). Birok,, shahar aholisi va zodagonlarining maʼlum qismi temuriylar hukmdorligini tiklash tarafdori edi. Ular Fargʻona hokimi Boburga maktub yoʻllab, Samarqandni ishgʻol qilishga daʼvat etganlar. Bobur 1500 yil kech kuzida oʻz qoʻshini (240 kishi) bilan Samarqandga yetib kelgach, aholi unga peshvoz chiqib, shahar darvozalarini ochib beradi. Shayboniyxonning shahar ximoyasi uchun qoldirgan 600 nafar askari qirib tashlanadi. Shayboniyxon Buxoroga chekinadi. Qisqa vaqt ichida Samarqandning barcha tumanlari, Qarshi va Gʻuzor shaharlarida Bobur hokimligi eʼtirof etiladi. Ammo shaharda oziq-ovqat zaxiralari tugab, ocharchilik boshlangan edi. Bundan xabar topgan Shayboniyxon katta kuch toʻplab, yana Samarqandga yurish boshlaydi. 1501 yil aprelda Zarafshon boʻyidagi Saripul qishlogʻi yaqinida boʻlgan jangda Bobur qoʻshinlari yengiladi. Bobur Samarqandga chekinadi. Shahar yana qamal qilinib, u toʻrt oy davom etadi. Qamalda qolgan shahar aholisining ochlikdan tinkasi quriydi, Bobur 1501 yilning 2-yarmida noilojlikdan Samarqandni tark etib, Toshkentga, Mahmudxon huzuriga yoʻl oladi.

Bobur Temuriylar saltanatini himoya qilish va uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qilib, Shayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida muttasil kurash olib borsada, ammo mamlakatda hukm surgan ogʻir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida maqsadiga erisha olmaydi. 1503 i. Toshkent xoni Mahmudxon, Bobur va qalmoqlarning birlashgan qoʻshini Shayboniyxon tomonidan Sirdaryo boʻyida tormor qilinadi. Bobur Samarqand taxti uchun kurashayotgan paytda Andijonni Sulton Ahmad Tanbal egallab oladi. 1501—04 yillarda Bobur Fargʻona mulkini qaytarib olish uchun Sulton Ahmad Tanbal, Jahongir mirzolarga qarshi olib borgan kurashi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Temuriylarning toʻxtovsiz janglari va ogʻir soliqlaridan toliqqan xalq Boburni qoʻllamadi va u Movarounnahrni tark etishga (1504 yil iyun) majbur buladi.

Bobur 200—300 navkari bilan Hisor togʻlari orqali Afgʻonistonga oʻtadi va u yerdagi ichki nizolardan foydalanib Gʻazni va Kobulni egallaydi. Bobur Kobulni egallagach, mustaqil davlat tuzishga jadal kirishadi, qoʻshinni tartibga keltiradi, qattiq ichki intizom oʻrnatadi. Kobulga, umuman Afgʻonistonga Bobur oʻz yurti kabi qaradi, qurilish, obodonlashtirish, kasbu hunar va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish ishlarini boshlab yuboradi. «Bogʻi Shaxroro», «Bogʻi Jahonoro», «Oʻrtabogʻ», «Bogʻi vafo» va «Bogʻi Bobur» kabi oromgoxlar tashkil etdi. Shahar ichidagi Bolo Hisor qalʼasini oʻz qarorgohiga aylantirib, uni qayta taʼmirlatdi, yangi imoratlar qurdirdi va oilasi bilan shu qalʼada yashadi. Uning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari shu yerda tugʻiladi. 1506 yil bahorda vafot etgan Qutlugʻ Nigorxonim Mirzo Ulugʻbek shu yerda bunyod ettirgan «Bogʻi Navroʻziy»ga dafn etiladi.

Bobur Afgʻonistonda bir fotih sifatida emas, balki shu yurt, el obodonligi va ravnaqi uchun jon kuydirgan tadbirli hukmron sifatida qizgʻin faoliyat koʻrsatdi, uning manfaatlari yoʻlida odilona va oqilona ish tutdi. Afgʻonistondagi amaliy faoliyatiga koʻra, Bobur butun Xuroson va Movarounnahrda qudratli davlat boshligʻi va muzaffar sarkarda sifatida katga obroʻ orttira bordi, mintaqadagi siyosiy hayot eʼtiborli oʻringa koʻtarildi. Shayboniylarning tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora koʻrish masalasida Sulton Husayn Boyqaro barcha temuriy hukmdorlar qatorida Boburni ham maslahat yigʻiniga maxsus taklif etishi ana shunday yuksak nufuzni koʻrsatuvchi dalildir. Bobur shu taklif boʻyicha Hirotga otlanadi. Husayn Boyqaroning toʻsatdan vafot etishiga (1506) qaramay, u Hirotga boradi va temuriy hukmdorlar bilan uchrashib muzokaralar oʻtkazadi. Temuriy hukmdorlarning birlashib Shayboniyxon qoʻshinlariga toʻsiq qoʻyish rejalari amalga oshmaydi va tez orada birinketin magʻlubiyatga uchrab, saltanatni batamom qoʻldan chiqaradilar.

1507 yil boshlarida Bobur Hindistonga yurish boshlaydi. Ammo, bu urinishi muvaffaqiyatsiz tugab, yana poytaxt Kobulga qaytadi.

Bobur Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat va urush harakatlarini kuzatib boradi, oʻz qoʻshinlarini doimo shay tutadi. Shayboniyxon Xurosonning yirik markazlarini qoʻlga kiritgach, Eronni zabt etish uchun yurish boshlaydi. Ammo, Eron shohi Ismoil / Safaviy bilan qattiq toʻqnashuvda (1510) yengiladi, oʻzi ham Marvda halok boʻladi. Shoh Ismoil Xuroson va Movarounnahrga qoʻshin kiritib shayboniylarga ketmaket shikayet yetkaza boshlaydi. Bobur shoh Ismoil bilan harbiysiyosiy ittifoq tuzib, 1511 yil bahorida Hisorni, yozida Buxoroni, okt. boshida esa Samarqandni yana qoʻlga kiritadi. Boburning shia mazhabidagi eroniylar raʼyi bilan ish tutishi aholida norozilik tugʻdiradi. 1512 yil 28 aprelda Koʻli malik jangiaa Ubaydulla Sulton boshliq shayboniylardan yengilgan Bobur Hisor tomon ketadi. 1512 yil kuzida Bobur shoh Ismoil yuborgan Najmi Soniy laqabli lashkarboshi bilan Balxda uchrashib, Amudaryodan kechib oʻtib, avval Huzar (Gʻuzor) qalʼasini oladi, soʻng Qarshiga yurish qiladi, shahar uzoq muddatli qamaldan soʻng taslim boʻladi, shahar himoyachilari qattiq jazolanadi (yana q. Harshi qamali.). 1512 yil 24 noyabr

da Gʻijduvon jangila Boburshayboniylardan yana yengilib, Kobulga qaytishga majbur boʻladi. Bobur Movarounnahrni egallash ilinjidan uzilkesil umidini uzadi va butun eʼtiborini Hindistonga qaratadi.

1519 yil bahoriga kelib Bobur Hindistonni zabt etish rejalarini amalga oshirishga kirishadi va keyingi 5—6 yil davomida bir necha yurishlar uyushtiradi. Nihoyat, 1526 yil aprelda Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyning yuz ming kishilik qoʻshininy 12 minglik askari bilan tormor qiladi hamda Dehlini egallaydi (q. Panipat janglari.). Oradan koʻp oʻtmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shim. Hindistonning Bengaliyagacha boʻlgan qismini oʻziga boʻysundiradi. Agrani oʻziga poytaxt sifatida tanlagan Bobur katta qurilish va obodonchilik ishlarini boshlab yuboradi. Shu tariqa Bobur Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan qudratli boburiylar sulolasiga asos soladi.

Bobur Hindistonda ham, xuddi Afgʻonistonda boʻlganidek, koʻplab ijtimoiyxayrli ishlarni amalga oshirdi, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Tarqoqlik va parokandalikka, oʻzaro ichki nizo, qirgʻinlarga barham berib, viloyatlarni birlashtirdi, markazlashgan davlatni mustahkamlash va yurtni obodonlashtirishga, ilmu hunar va dehqonchilikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratdi. Qurilish ishlariga boshchilik qildi.

Boburning oʻz guvoxligiga koʻra, shoir sifatida ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqgda boshlangan; «Ul fursatlarda birorikkirar bayt aytur edim», deb yozadi u. Bobur Samarqanddaligining ilk oylarida Alisher Navoiy tashabbusi bilan ular oʻrtasida yozishma boshlanadi. Bobur atrofida ijodkorlar toʻplana boshlashi ham shu yillarga toʻgʻri keladi. Jumladan, Binoiy, Abulbaraka va Bobur oʻrtasidagi ruboiy mushoirasi Samarqanddagi qizgʻin adabiy hayotdan darak beradi. Umuman, davlat arbobi va koʻp vaqti jangu jadallarda oʻtgan sarkarda sifatida ijtimoiy faoliyatining eng qizgʻin davrida ham, shaxsiy hayoti va davlati nihoyatda murakkab va xatarli sharoitda qolgan chogʻlarida ham Bobur ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm, sanʼat va ijod ahlini oʻz atrofiga toʻplab, homiylik qilgan, ularni ragʻbatlantirgan.

Oʻtmish adabiyot va tarix, musiqa va sanʼatdan yaxshi xabardor boʻlgan, diniy taʼlimotga chin ixlos qoʻygan Bobur har doim olimu fozillar davrasida boʻldi, xususan ijod ahliga, kasbu hunar sohiblariga samimiy ehtirom koʻrgazib homiylik qildi, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib turdi. Ijod va sanʼat ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz boʻlmagan. Bobur tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shugʻullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan toʻxtamadi, natijada, har jihatdan muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi.

Bobur 18—19 yoshlarida ruboiy va gʻazallar yoza boshlagan. Uning «Topmadim» radifli gʻazali va «Yod etmas emish kishini gʻurbatda kishi» misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi oʻsha yillardagi hayoti bilan bogʻliq.

Boburning ulkan sanʼatkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga koʻtara oladi va natijada asarlarida olgʻa surilgan gʻoyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga koʻtariladi. Bobur ijodida, xususan, sheʼriyatida kindik qoni toʻkilgan ona yurtini dildildan qoʻmsash, uning tuprogʻiga talpinish, gʻariblik azoblaridan oʻtli hasrat, yoru diyor soginchi va visol ilinji, takdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosozliklaridan nola badiiy tahlil etiladi.

Bobur ijodida ishqmuhabbat, sevgisadoqat, visol va hijron mavzui ham salmoqli oʻrin tutadi. Uning gazal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida maʼshuqaning maftunkor goʻzalligi, beqiyos husnu latofati, sharqona odobu axloqi, nozu karashmasi yengil va oʻynoqi, musiqiy va ravon misralarda katta mahorat bilan tarannum etiladi.

Boburning uz sheʼriy asarlarini toʻplab, devon holiga keltirgan sanani koʻrsatuvchi aniqtarixiy maʼlumotlar maʼlum emas. Ammo «Boburnoma»ning 1518—19 yillar voqealari bayoniga bagʻishlangan faslida Bobur devonini Kobuldan Samarqandga yuborganligi toʻgʻrisida soʻz boradi. Demak, shu yillarda uning devoniga tartib berilgan va mazkur devon Movarounnahrda ham tarqalgan.

Hozirda uning 119 gʻazali, bir masnu sheʼri, 209 ruboiysi, 10 dan optik tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham oʻrin olgan.

Hindiston yurishlari davri (1521)da Bobur «Mubayyin» asarini yaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan, islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bagʻishlangan bu asarda Movarounnahr va Hindistonga oid oʻsha davr ijtimoiyiqtisodiy hayoti boʻyicha qiziqarli maʼlumotlar ham jamlangan. Valiahd Humoyun va Komron Mirzolarga dasturulamal sifatida moʻljallangan «Mubayyin»da, ayni zamonda, namoz, zakot va haj ziyorati toʻgʻrisida ham sharʼiy mezonlar bayon qilingan. Shu yillarda Bobur Sharq sheʼriyatining asosiy masalalaridan biri aruz vazni, uning nazariyasi va amaliyotiga oid ilmiy risolasini yakunlaydi. Bobur nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari «Boburnoma» ustidagi ijodiy ishini 1518—19 ylarda boshlagan (q. «Boburnoma»).

Boburning yuqorida keltirilgan asarlaridan tashqari, «Xatti Boburiy», shuningdek musiqa sanʼati va harb ishlariga maxsus bagʻishlangan qator risolalari ham boʻlgan. Ammo keyingi ikki asar matni hanuz topilgan emas. «Xagti Boburiy»da muallif arab alifbosini taxrir etib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirgan.

1526 yil 21 dekabrda Boburga qarshi suiqasd uyushtiriladi. Mahv etilgan Ibrohim Loʻdiyning onasi oshpazlar bilan til biriktirib, uning ovqatiga zahar qoʻshtiradi. Shuning asoratimi yoki koʻp yillik mashaqqatli va qoʻnimsiz hayot taʼsirimi, har holda keyingi yillarda Bobur tez-tez kasalga chalinib turadi. 1527 yil oktabrda Bobur yana xastalikka uchragach, umrining oxirlab qolganini his etadi. Shunda Bobur oʻzi eʼtiqod qoʻygan Xoja Ahror Valiy ruhidan najot tilab, ixlos bilan uning nasrda bitilgan «Volidiya» asarini sheʼriy tarjima qiladi. Boburning mohir tarjimon sifatidagi qobiliyati namoyon boʻlgan 243 baytli bu asar katta ijodiy ilhom bilan juda qisqa muddatda yakunlangan. Boburning oʻz eʼtiroficha, tarjima tugashi hamonoq batamom sogʻayib ketgan. Bu yillarda u «Boburnoma» fasllari ustida ishlashni davom ettirdi, yangi-yangi gʻazal ruboiylar yaratdi, oʻz iborasi bilan aytganda, «Hindistongʻa kelgali aytqon ashʼorni» tartibga solib, shuningdek, «Volidiya» tarjimasini, «Xatti Boburiy» bilan bitilgan namuna va qitʼalarni Movarounnahr va Afgʻonistonga, Xumoyun, Xoja Kalon, Hindol va boshqalarga yubordi. Humoyun Mirzoga atalgan ijtimoiyaxloqiy masalalarni tahlil etuvchi mashhur maktubi ham Bobur ijodiy faoliyatining yorqin qirralaridan biri boʻldi.

Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va oʻsha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, oʻzi bunyod ettirgan «Bogʻi Bobur»ga qoʻyildi (q. Bobur maqbarasi).

Alisher Navoiy — so`z san`atining gultoji.

            Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o’gli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tug’ildi. Zamondoshlari uning haqida ko’pincha «Nizomiddin Mir Alisher» deb yozadilar. ‘Nizomiddin»-din-diyonat nizomi degani bo’lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, «mir» — amir demakdir. Uning otasi G`iyosiddin Muhammad (uni G`iyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi bo`lgan, ismi ma`lum emas. 6622anavoiy

Buyuk shoir o`z asarlarida bu qutlug` dargohga yaqinligidan iftixor etishini bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimai holiga oid ayrim lavhalar asarlarida uchraydi. Kichiklik chog`idan she`r va musiqaga ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida bo`ldi. Uch-to`rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir she`rini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan so`ng uni maktabga berdilar. U bo`lajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga o`qidi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi.
1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar o`rtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch bo`lib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yo`l oladi. Yo`lda, Taft shahrida Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, «Zafarnoma»ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi.
Alisher xonadoni 1541-yilda Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir bu bilan bog`liq shunday bir hikoyani keltiradi: Karvon Yazd cho`li bilan Hirotga borarkan, tungi yurishlardan birida ot-ulov ustida hammani uyqu bosadi. Alisher mingan ot, ittifoqo, yo`ldan chiqib, bo`lajak shoir egardan tushib qoladi, uyqu zo`rlik qilib, uyg`onmaydi.
Alisher tong otib, quyosh qiziganda uyg`onadi. Qarasa, poyonsiz sahro, atrofida hech kim yo`q. Yolg`iz otigina yovshan ildizlarini chimtib turibdi. O`n yoshli bola o`zini qo`lga oladi. Otini minib, zehn bilan yo`lni topib ilgari yuradi. Kun qizib, chanqoqlik boshlanadi. Shu payt uzoqdan bir narsa qorayib ko`rinadi. U suv to`la mesh ekan, Ollohga shukuronalar aytib, Alisher yo`lini davom ettiradi. Uning ota-onasi manzilga yetgach, o`g`illlarini yo`qligini biladilar va mulozimni shoshilinch orqaga qaytaradilar. Mulozim ko`p yurmay, Alisherga duch keladi. Alisherni, go`yo u qayta tug`ilganday, quvonch bilan kutib oladilar.
1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o`tiradi, notinchliklar bosiladi. G`iyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa o`qishini davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni she`riyat, adabiyot olamiga olib kirdi. Bo`lajag shoir Sa`diy Sheroziyning «Guliston». «Bo`ston», asarlarini, Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»(«Qush mantig`i»)ni so`ngsiz ishtiyoq bilan o`qidi. oldi
Bir kuni qushlar jam bo`libdi. Har xil: to`ti, qumri, tovus, bulbul va hokazo. O`rtaga hudhud (sassiqpopishak) chiqibdi. Boshidagi tojini selkillatib, o`zini ta`rifu tavsif etibdi. So`ng u hammani olam podshosi Semrug`ni izlashga undabdi. Qushlar uni surishtira boshlabdilar. «Zotini, sifatini, sifatini ayt, bizga nishon ber!» – deyishibdi ular. Hudhud hikoya boshlabdi: Smurg` bir kecha dunyoni aylanib, uchib yurar edi. Nogoh yo`li Chin shahri ustidan tushdi. Bir silkingan edi, mamlakat nurga g`aeq bo`ldi. Patidan biri tushib qolgan ekan.
Qushlar zavqu shavq bilan yo`lga tushadilar. Buroq bu zavq-shavq uzoq davom etmaydi. Qushlar e`tiroz bildirib, uzr aytib, o`zlarini chetga ola boshlaydi. Hudhud har biriga javob aytadi. Semrug`ga yetishish baxti oldida bu dunyoning tashvishlari hechligini isbot etuvchi biror hikoya keltiradi. Hudhudning gaplari, hikoyalari qushlarga yangi bir kuch bag`ishlaydi. Ular hudhudni boshliq qilib, yo`lga tushadilar. Hudhud buy o`lning ishq yo`li ekanligi, unga kirgan odam Shayx San`on singari o`zligidan kechishi lozimligini aytadi.
1453-yilda Alisherning otasi G`iyosiddin Mauhammad vafot etadi. Alisher Abulqosim Bobur hizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, so`ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do`st – Husayn va Alisher yana birga bo`ldilar. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra she`r yod olganini aytdi. She`r shunchaki nutq o`stirish emas, ma`rifat, taffakur mashqi ham edi. Navoiy 15 yoshlarida o`z she`rlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tordi. Xondamirning yozishicha, she`rlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher o`z davrining dongdor shoiri Mavlono Lutfiy xizmatiga boradi. Mavlono undan she`r o`qishni iltimos qiladi. Alisher o`zining:

ORAZIN YOPG`OCH, KO`ZIMDIN SOCHILUR HAR LAHZA YOSH,
BO`YLAKIM, PAYDO BO`LUR YULDUZ NIHON BO`LG`OCH QUYOSH.

matla`i bilan boshlanadigan g`azalini o`qiydi. She`rdan hayratga tushgan keksa shoir bunday deydi: «Valloh, agar muyassar bo`lsa edi, o`zumning forsiy va turkey tillarda aytgan o`n-o`n ikki ming baytimni shu g`azalga almashtirardim va buni o`zimning katta yutug`im deb hisoblar edim». Bu turkiy (o`zbek) she`riyatiga juda katta iste`dod kirib kelayotganidan nishona edi.

HAYOTINING SO`NGGI YILLARI.

   1490-yillarning boshidagi og`ir yo`qotishlar, ayniqsa, 40 yillik qadrdoni Pahlavon Muhammad bilan ustozi Jomiydan judo bo`lish Navoiyga qattiq ta`sir etdi. Buning ustiga saroyda Xadichbegim Nizomulmulk bilan mulk va mansab ishtiyoqida yangi-yangi fitnalar to`qiydi. Shu fitnalar natijalaridan biri pok qalbli barcha kishilarni larzaga solib, mamlakatni halokat yoqasiga keltirib qo`yadi. Bu-Mo`min Mirzoning o`z bobosi farmoni bilan qatl qilinishi edi. 1489-yilda Navoiy Hirotga qaytgach o`rniga Astrobod hokimi qilib Badiuzzamon tayinlagan edi. U bilan ham murosaga kelishib, orqaga qaytadi va Balxni Badiuzzamon tasaruffiga beradi. Badiuzzamon o`g`li — 13 yoshli Mo`min Mirzoni Astrobodda qoldirib Balxga keladi. Xadichbegim Nizomulkmulk bilan birgalikda Astrobodga Muzaffar Mirzoni hokim qilib tayinlashga erishadilar. Husayn Bayqaro va Badiuzzamon o`rtasidagi munosabat yomonlashadi. Badiuzzamon Mo`min Mirzoga Muzaffar Mirzoni shaharga kiritmaslikka buyuruq beradi. Shoh tezda Navoiyni Balxga yuboradi. Navoiy ota va o`g`il orasiga tushib, ularni yarashtiradi. Biroq huddi shu paytda Husayn Bayqaroning Badiuzzamonni qo`lga tushirish va qamoqqa olish haqidagi Balxga, shahar qutloviga yo`llagan yashirin farmoni ma`lum bo`lib qoladi. Yarash yana urushga aylanadi. Navoiy voqeani bunday izga kirib ketganidan qattiq iztirob chekadi va umidsiz orqaga qaytadi. Ota-o`g`il urushida Badiuzzamon yengiladi. Mo`min Mirzoni Muzaffar Mirzo asir oladi. Shoirlar adadni 459 taga yetkazdi. Shu yili yoshligidan qalbida muhirlanib kelgan «Mantiq ut-tayr» ga javob yozadi. «Lison ut-tayr» Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. Buyuk shoir 1498 -1499 yillarda xatlarini to`plab, «Munshaot» tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan bo`lib, ularning aksariyati shoirning shoh va shahzodalarga yo`llangan. Shoirning 1500-yilning oxirlarida yozib tugatgan «Mahbub ul-qulub» asari uning eng so`nggi asari bo`lib qoldi. Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etadi. Butun halq — shohda gadogacha, olimdan cho`pongacha, shoirdan dehqongacha ulug` farzandining o`limiga qayg`u va iztirob bilan motam tutadi.

QARO KO’ZUM

Qaro ko’zum, kelu mardumlug’ emdi fan qilg’il,
Ko’zum qarosida mardum kibi vatan qilg’il.

Yuzung guliga ko’ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig’a jon gulshanin chaman qilg’il.

Takovaringg’a bag’ir qonidin hino bog’la,
Itingg’a g’amzada jon rishtasin rasan qilg’il.

Firoq tog’ida topilsa tufrog’im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog’da ko’hkan qilg’il.

Yuzung visolig’a yetsun desang ko’ngullarni,
Sochingni boshdin-ayog’ chin ila shikan qilg’il.

Xazon sipohiga, ey bog’bon, emas mone’
Bu bog’ tomida gar ignadin tikan qilg’il.

Yuzida terni ko’rub o’lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg’il.

Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog’lig’ o’qin sham’i anjuman qilg’il.

       ORAZIN YOPQACH KO’ZIMDIN…

Orazin yopqach ko’zumdin sochilur har lahza yosh,
O’ylakim paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’ach quyosh.

Qut bir bodomu yerim go’shan mehrob edi,
G’orati din etti nogah bir baloliq ko’zu qosh.

Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhnung bot-bot dami andog’ki aylar mehr fosh.

Bo’sae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam og’zi ichra aytur la’l ham bor nav’ tosh.

Novaking ko’nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko’nglum bila jonim talosh.

Umri jovid istasang fard o’lki, bo’ston Xizridur,
Sarvkim da’b ayladi ozodaliq birla maosh.

Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qo’ygusidir barcha bosh.

Jaxon otin Uvaysiy

Jahon otin Uvaysiy (1780—1845) Atoqli shoira, oʻzbek shoirlari murabbiysi Jahonotin Uvaysiy Margʻilonda tugʻilgan. Otasi Siddiq bobo ikki tilda sheʼrlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi boʻlib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiyni Hojixon ismli kosibga uzatishgan, biroq shaxsiy hayoti quvonchli kechmagan. U Nodira bilan hamdardlikda Qoʻqonda xon saroyida yashay boshlaydi. 65 yoshligida Margʻilonda vafot etadi.5901uvaysi

Uvaysiy (taxallusi; ismi Jahon) (1779 — Margʻilon —1845) — shoira, maʼrifatparvar. U. oilada xatsavodini chiqarib, avval xalfa, soʻngra onasining yonida maktabdorlik qilgan. Akasi Oxunjon hofizdan sheʼriyat ilmini oʻrgangan, tez orada shoira, otin sifatida tanilgan. U, ayniqsa, aruzni, muammo (sheʼrda fikrni yashirib ifodalash) sanʼatini mukammal egallagan. Qoʻqon adabiy muhiti bilan yaqinlashib, mushoiralarda qatnashgan. Saroyda Nodira va boshqa xotinqizlarga sheʼriyat ilmidan dare berib, ustozlik qilgan. Dilshod otinning maʼlumot berishicha, U. Nodira bilan Konibodom, Xoʻjand, Oʻratepa, Toshkent, Andijon kabi shaharlarga borgan. 1842 yilda Buxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqonni egallagach, Margʻilonga qaytib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan.

  1. 4 devon tuzganligi maʼlum. Lekin bu devonlarning asl qoʻlyozmalari topilmagan. U. mumtoz oʻzbek sheʼriyatining barcha janrlarida ijod qilgan. Navoiy, Fuzuliy va boshqalarning asarlariga muxammaslar bogʻlagan. Shoiraning adabiy merosida 269 gazal, 29 muxammas, 55 musaddas, 1 murabba, chistoy, 3 doston, tugallanmagan bir manzuma bor. Ijodining gʻoyaviy mavzu doirasi teran va koʻp qirrali.

Shoira adabiyotda taraqqiyparvar namoyandalarning qarashlari asosida maydonga kelgan inson takdiri, shaxe erki va maʼrifatparvarlik gʻoyalarida latif va dilkash asarlar yaratgan, asarlarida insonni eʼzozlash, odamlarni tabiat va xayet nozneʼmatlaridan bahraMand boʻlishga undash, doʻstlik, vafo va sadoqat haqidagi ulugʻvor niyatlarini Qurʼon oyatlari, hadislar va tasavvufiy talqinlar bilan asoslagan holda ijodiy barkamollikka erishgan. Uning sheʼrlarida tariqatning talab va qoidalariga taallukli boʻlgan talqinlar koʻp uchraydi:Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yoʻq ogoh,Qabih guftor mardumdin koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi.

  1. oʻz asarlarida yuksak odamiylikni, shu odamiylikni qalb toʻrida avaylovchi vafodor yorni ulugʻlaydi, uni Quyosh bilan qiyos qiladi. Quyosh xar tong ufqdan bosh koʻtarib, oʻzining otashin nuri bilan olamga, odamlarga oʻz mehr va shafqatini sochadi. Shoira yor va oftob tashbihlaridan qarshilantirish sanʼati orqali eng goʻzal tuygʻular silsilasini yaratadi. Uning lirik qaxramoni mushohadakor donishmand, vafoli oshiq.

Uning anor haqidagi mashhur chistoni oʻzining muhim mazmuni va yuksak badiiyligi bilan shoira ijodining yorqin bir sahifasi sifatida koʻzga tashlanadi:Bu na gumbazdur, eshigi, tuynugidin yoʻq nishon,Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon?Tuynugin ochib, alarning holidan olsam xabar,Yuparida parda tortugʻliq tururlar, bagʻri qon.

  1. xayotlik davridayoq nafis lirikasi bilan mashhur boʻlgan va zamondoshlarining eʼtiborini qozongan. Lirik sheʼrlaridan tashqari, uning «Shahzoda Hasan», «Shahzoda Husan» kabi liroepik asarlari va «Voqeoti Muhammad Alixon» kabi tarixiy dostonlari mavjud. Shoiraning liroepik dostonlari islom tarixi bilan bogʻliq voqealar asosida yaratilgan.
  2. asarlari oʻzining latif mazmuni va dilkash badiiyligi bilan xalq ommasi orasida keng yoyilgan, hofizlar, xonandalar tomonidan maqom va xalq ohanglari yoʻlida kuylanib kelinadi. Uning xattotlar tomonidan koʻchirilgan 3 nusxa qoʻlyozma devoni Oʻzbekiston FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Andijon universiteti kutubxonasida saklanadi.

Uvaysiyning 15.000 misraga yaqin sheʼriy asarlari mavjud. Uning bir devoni OʻR FA ShIda saqlanadi (inv.№ 1837). Unga shoiraning gʻazal, muxammas, musaddas, murabbaʼlari va«Shahzoda Hasan» hamda «Voqeoti Muhammadalixon» dostonlari kiritilgan. Shoira devonining 3 nusxasi topilgan.»Shahzoda Hasan», «Shahzoda Husayn» kabi dostonlari mavjud,«Voqeoti Muhammadalixon» nomli tarixiy asari tugallanmagan.

Uvaysiy hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar uning asarida, ayrim tazkiralarda yetib kelgan. «Majmuai shoiron» tazkirasida (1821) ham shoira ijodiga munosabat bildiriladi.

Uvaysiyman

Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli boʻlsa, oshno Uvaysiyman,

Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,
Barchadin yumub koʻzni muddao Uvaysiyman.

Uz diling taalluqdin, band qil xudo sori,
To degil kecha-kunduz: «Mosivo Uvaysiyman!»

Kechalar figʻonimdin tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.

To koʻrib xarobotin taʼna etma, ey zohid,
Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman.

Faqr borgohiga qoʻysa gar qadam har kim,
Bosh agar kerak boʻlsa, jonfido Uvaysiyman.

Vaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,
Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman.

Abu Rayhon Beruniy (973-1048)

Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning Qiyot (Kat) shahrida dunyoga kelgan. Dastlabki ta’limni ona shahrida olgan, mashhur olim

Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning Qiyot (Kat) shahrida dunyoga kelgan. Dastlabki ta’limni ona shahrida olgan, mashhur olim Abu Nasr ibn Ali Iroqdan ilmi nujum, riyozat kabi fanlardan dars oladi. U 17 yoshida ilk astronomik kuzatishlarni o‘tkazadi. U 150 dan ortiq ilmiy asarlar yozadi. Buyuk bobokalonimiz 1048 yil 13 dekabrda G’aznada vafot etgan. «Berun» yoki «Birun» so‘zi «tashqari» degan ma’noni anglatadi.8515beruniyMa’lumotlarda  yozilishicha  uning 152  ta  kitobining  nomi  na’lum.  Bizgacha  ulardan  27  tasigina  yetib  kelgan.  Uning  bir  qancha  kitobi  tabiiyot  ilmiga  bag’ishlangan. Bu  sohaning  rivojlanishida  Beruniyning  tabiiyot  va  tabiat  hodisalarini  o’rganish  usullari  ,  harakat, tovush, issiqlik,yorug’lik, elektr, magnetizm, atmosferadagi  hodisalar, modda  tuzilishi  haqidagi  ijodiy  ishlari  katta  ahamiyatga  ega  bo’ladi.

Beruniyning  o’sha  davrda  yaratgan  kashfiyotlaridan  biri — globus  ixtiro etganligidir.

U  Quyosh atrofida  sayyoralar  aylanishini,  Yer  esa  ana  shu  sayyoralardan  biri  ekanligini  aytadi.

Asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» (taqvim va yil hisobi, shuningdek, sug‘diylar, qadimgi xorazmliklar, forslar, yunonlar, yaxudiylar, xristianlar va musulmonlarning bayramlari, urf-odatlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi asar), «Geodeziya», «Quyosh harakatini aniqlash yo‘li», «Mineralogiya», «Saydana», «Hindiston» va boshq.

Imom Ismoil al-Buxoriy (810-870)

Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘i) — islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.buxoriy

Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhaddislaridan, Molik ibn Anasning shogirdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5—6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (sav)ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishadi.

Taniqli muhaddislar — al-Doxiliy, Muhammad ibn Salom al-Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf al-Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha, o‘z yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo‘l oladi.

825 yili Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan mashoyixlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827 yili Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn al-Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad(as)ning hadislarini to‘plash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi.

Bir necha tarixchilarning ta’kidlashicha, Buxoriy Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan rihlati 6 yil davom etgan. So‘ng Basra, Kufa va Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga o‘tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo‘lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar to‘pladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul zotning bu sa’yu ko‘shishlari bu vaqtda Buxoroda hukmdorlik qilgan Holid ibn Ahmad az-Zuhliyga xush kelmaydi. Shu sababli Buxoriy Buxoroni tark etib, Poykendga, keyin esa Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘iga kelib yashashga majbur bo‘ladi va shu yerda vafot etadi.

Buxoriy butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan. Tijorat kilganda topgan daromadidan oyiga besh yuz dirhamdan faqiru miskinlarga, ilm toliblariga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha dabdaba va sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymagan.

Buxoriy umr bo‘yi hadislarni to‘plash va tizimga solish bilan shug‘ullangan, ularni sahih (to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ayri sahih (xato, zaif)ga ajratgan. Bu ishni hadis roviylarining maishiy hayotlari, yashash joylari, tug‘ilgan va vafot etgan sanalari, bir-birlari bilan qilgan o‘zaro muloqotlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda olib borgan. Buxoriy jami 600 mingga yaqin hadis to‘plagan bo‘lib, shundan 100 ming «sahih» va 200 ming «g‘ayri sahih» hadisni yoddan bilgan. Buxoriy o‘zining noyob qobiliyati, iqtidori, quvvai hofizasining o‘ta kuchliligi bilan ilm ahllarini lol qoldirgan. Hadis ilmiga o‘ta fidoyilik, aql-zakovatini baxshida etish Buxoriyga shon-sharaf keltirdi, uni islom dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanitdi.

Buxoriy 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. Buxoriyning «Al-Jomi’ as-sahih» («Ishonchli to‘plam») deb nomlangan 4 jild (juz) dan iborat hadislar to‘plami islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadis to‘plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Asar bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shu jumladan o‘zbek tiliga ham tarjima qilinib, 1991—96 ylarda 4 jildda nashr etildi.

Buxoriy yaratgan «Al-Adab al-mufrad» («Adab durdonalari») asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir to‘plamdir. 1322 hadis va xabar jamlangan bu asar Turkiya va Misrda bir necha marta chop etilgan. Uning o‘zbekcha tarjimasi 1990 yili Toshkentda nashr qilingan. Roviylarning kunyalariga bag‘ishlangan «Kitob al-kuna» («Kunyalar haqida kitob») 1940 yili Hindistonda chop etilgan. Buxoriyning «At-Ta’rix al-kabiyr» («Katta tarix») kitobi esa Turkiyada 9 jildda nashr qilingan. Asar qo‘lyozmasining ba’zi qismlari Haydarobod kutubxonasida saqlanadi. Shuningdek «At-ta’rix as-sag‘iyr» («Kichik tarix») ham hadis tarixiga oid qimmatli asar hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan «Kitob al-favoid» («Foydali ashyolar haqida kitob»), «Al-Jomi’ al-kabiyr» («Katta tayanch»), «Xalq af’ol al-ibod», («Alloh bandalari ishlarining tabiati»), «Al-Musnad al-kabiyr» («Katta tayanch»), «At-tafsir al-kabiyr» («Katta tafsir»), «Kitob al-hiba» («Xayr-ehson haqida kitob») va boshqa asarlarning ba’zilari bizgacha yetib kelmagan, ba’zilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida ma’lumotlar bor. Buxoriyning boshqa asarlari orasida «Tafsir al-Qur’on» («Qur’on tafsiri») kitobini ham alohida ta’kidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida payg‘ambar (as) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar.

Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o‘lmas merosi elyurti bag‘riga qaytdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori (1997 yil 29 aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998 yil 23 oktyabrda Samarqandda yubiley to‘ytantanalari bo‘lib o‘tdi. Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Xartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi.

Buxoriyning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi tuzildi (1998 yil 4 noyabr; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamg‘armaning asosiy vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning «al-Jomi’ as-sahih»i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniy-falsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000 yildan boshlab mazkur jamg‘arma o‘zining ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy «Imom al-Buxoriy saboqlari» jurnalini nashr eta boshladi. Jurnal xalqimizni milliy-ma’naviy merosimizdan bahramand etish, milliy, diniy qadriyatlarning sog‘lom idrok etilishiga yordam berishni uz oldiga maksad qilib qo‘ygan. O‘zbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan.

Toshkent Islom institutiga Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bag‘ishlab bir necha tillarda kitob-albom, 2 qismli film (1995), «Hadis ilmining sultoni» 4 qismli kinoqissa (1998) yaratilgan.

Mirzo Ulug’bek (1394-1449)

Ulug‘bek 1394 yil 22 martda Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida A. Temurning harbiy yurishlari paytida tug‘ilgan. To‘rt yoshidan boshlab

Ulug‘bek 1394 yil 22 martda Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida A. Temurning harbiy yurishlari paytida tug‘ilgan. To‘rt yoshidan boshlab uning tarbiyasi bilan buvisi Saroymulk va bobosi Temur shug‘ullanadilar. Ulug‘bekka shoir Muhammad Solihning bobosi Amir Shoh Malik vasiylik va murabbiylik qiladi. Amir Temur sevimli nevarasini safarlarda, yurishlarda ham birga olib yurgan. Temur vafotidan so‘ng 15 yashar Ulug‘bek Samarqand hokimi bo‘ladi. Poytaxti Hirot bo‘lgan Xuroson davlatini o‘zi boshqaradi. 45611383045650_ulugbek
Ulug‘bek o‘z atrofiga «o‘z davrining Aflotuni» deb nom oltan Qozizoda Rumiy (Ulug‘bek uni o‘ziga ustoz deb bilgan), «o‘z zamonasining Ptolomeyi» bo‘lgan Ali Qushchi, matemagik va astronomlar Mansur Koshiy, Birjandiy, Miram Chalabiy, G’iyosaddin Jamshid kabi olimlarni jamlagan. Samarqanddagi Obirahmat soyi yoqasida 3 qavatli, balandligi 50 metr bo‘lgan rasadxona qurdirib, unda 1018 ta yulduzning muvozanatini aniqlashgan. Ulug‘bek o‘g‘li Abdulatif roziligi bilan 1449 yoshga yollangan qotil Abbos tomonidan o‘ldirilgan.

ulugbek3122

Asarlari: «Ziji jadidi Ko‘ragoniy», «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», «Risolai Ulug‘bek», «To‘rt ulus tarixi».

Muhammad al-Xorazmiy (780-850)

Abu Abdulla Muhammad ibn Muso 780 yilda Xivada tug‘ilgan. Xorazmiy dunyoga mashhur matematik va astronom sifatida tanilgan. Uning nomini tarixda qoldirgan buyuk asar «Al jabr val-muqobala»6834al_xorazmiy

Abu Abdulla Muhammad ibn Muso 780 yilda Xivada tug‘ilgan. Xorazmiy dunyoga mashhur matematik va astronom sifatida tanilgan. Uning nomini tarixda qoldirgan buyuk asar «Al jabr val-muqobala» risolasidir. Olim 850 yilda Bag‘dod shahrida vafot etgan. Al-Xorazmiy Ma’mun akademiyasining ilk tashkilotchilaridan va eng faol a’zolaridan biri edi.

U  al-Farg’oniy  bilan  Bag’dodda  rasadhona  qurishga  boshchilik  qildi.  Rasadhonadagi  asboblar  yordamida  koinot  sirlarini  va  Yer  kurrasini  o’rgandi.  Al-Xorazmiy  va  Al- Farg’oniy  boshchiligidagi olimlar 1000 dan  ortiq  yulduzlarni  tekshirdilar  hamda  ularning  joylanish   xaritasini  tuzdilar. Yer  kurrasining  aylana  uzunligini  aniqladilar .

Xorazmiy «Surat al-arz» («Yer suvrati»)  nomli  kitobida Afrika, Osiyo va Yevropa  qit’alarini aniq   tavsiflagan. Koinot  sirlarini  o’rganishga  oid  ijodlari  uning  «Ziji»  («Astronomiya»)  kitobida  bayin  etilgan.

Asarlari: «Yerning surati», «Astronomik jadvallar», «Tarix risolasi», «Musiqa risolasi», «Mafotixul-ulum» («Ilmlarning kalitlari», 9 kitobdan iborat), «Kuyosh soatlari to‘g‘risida», «Hind arifmetikasi haqida kitob», «Sinus zijlari», «Yer sathini o‘lchash» va boshq.

Abu Nasr Forobiy (873-950)

Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O’zlug‘ Tarxon Forobiy 873 yilda Forobda tug‘ilgan. Dunyo ahli Arastuni birinchi muallim deb bilishsa, Forobiyni «Muallimus-soniy», ya’ni «Ikkinchi muallim» deb atashgan. Boshlang‘ich ma’lumotni ona yurtida olgan, keyin Toshkent, Buxoro, Samarqandda o‘qigan, Bag‘dod, Isfahon, Hamadon, Ray shaharlarida bo‘lgan. 1243forabiy

Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan, falsafa, arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa, tabiat, fizika, kimyo, optika, tibbiyot, biologiya va boshqa fanlar sohasidagi kashfiyotlari bilan katta shuhrat qozonib, 160 dan ortiq asar yozgan. Bizgacha 40 ga yaqin asari yetib kelgan. Forobiy 950 yilda Damashqda vafot etgan.

Asarlari: «Arastu qonunlarining mohiyati haqida», «She’r san’ati haqida» (Arastuning «Poetika» asariga sharh sifatida yozilgan risola), «Fozillar shahri aholisining‘ fikrlari», «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «Baxt-saodatga erishuv haqida risola» va boshq.

Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) (980-1037)

Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino hijriy 370 (milodiy 980) yilda Buxoroning Afshona, hozirgi Isfana qishlog‘ida tug‘ilgan. U yoshligidanoq o‘tkir zehni va ilmga qiziqiishi bilan hammani lol qoldirardi. Ibn Sino An-Notiliy qo‘lida tarbiya oladi. U astronomiya, falsafa, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, mantiq, adabiyot, mineralogiya va boshqa fanlar bilan shug‘ullangan. 10 yoshida Qur’onni yod olgan, 16 yoshdayoq atoqli tabib bo‘lgan. U Buxoro amiri Nuh ibi Mansurni davolab, saroyning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan.23717590f592b712b5440c9ebf1c3f399abc

Ibn Sino 1002 yilda Buxorodan chiqib ketadi, Urganch, Obivard, Naso, Nishopur, Jurjon, Ray, Isfahon, Hamadon kabi shaharlarda bo‘ladi. U 1037 yilda (hijriy 428) 57 yoshida Hamadon shahrida vafot etadi. Mutafakkirning turli fanlarga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligi ma’lum. Biroq bizgacha Ibn Sinoning 242 ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi adabiyotga, 5 tasi musiqaga, o‘ndan ortig‘ya astronomiyaga oid asarlardir va hok.

Ibn Sino Sharqda «Shayxur-Rais», G’arbda esa «Avitsenna» nomi bilan mashhur. «Yusuf qissasi» Qur’on syujeti asosida yozilgan birinchi asar bo‘lib, ramziy-majoziy usuldadir. «Rasolat — at tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik» («Hayy ibn Yaqzon») kabi asarlari ham ramziy-majoziy uslubda, «Salomon yea Ibsol» esa ishqiy-sarguzasht asardir. Ibn Sino shoir sifatida doston, qasida, g‘azal, ruboiy, fardlar yaratgan. Uning she’rlarida ilm-ma’rifatga da’vat, dunyo sirlarini bilishga intilish, yaxshi axloqiy xislatlarni egallashga chorlov asosiy o‘rin tutadi. She’riyatning nazariy masalalari uning «Musiqa ilmida katta to‘plam» asarida ham tadqiq etilgan. «She’r obrazli so‘zlardan iborat bo‘lib, ritmli, bir-biriga muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda misralari bir-biriga teng, vaznlari takrorlangan, oxirgi tovushlar bir-biriga o‘xshash bo‘lib kelgan satrlarga aytiladi», — deydi Ibn Sino. U tibbiy yo‘l-yuriqlarni, ko‘rsatmalarni she’riy yo‘l bilan bayon etgan. Bular urjuzalar deb atalgan. Bung‘a sabab ularning rajaz vaznida yozilganidir.

Asarlari: «Kitob ash-shifo», «Donishnoma», «Kitob al-qonun fi-t-tib» («Tib qonunlari kitobi», 5 kitob, 14 jilddan iborat bo‘lgan), «Salomop va Ibsol», «Yusuf qissasi», «Risolat at-tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik», «Tibbiy urjuza», «Faan ash-she’r» («She’r san’ati», she’r. ilmi, yunon she’riyatining tur va shakllari haqida), «Musiqa ilmida katta to‘plam» va boshq.