YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Oq yoʻl sizga aziz bitiruvchi

Oq yoʻl sizga aziz bitiruvchi

Oʻrta Chirchiq tumani  1-son kasb-hunar maktabida «Oq yoʻl sizga aziz bitiruvchi» deb nomlangan  bitiruvchilarga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

2023/2024-o‘quv yilida kasb-hunar maktabini jami 285 nafar oʻquvchilar tamomladi, shulardan Nasriddinov Nurislom Angliyaning nufuzli universiteti talabasi boʻldi.

❇️  Tadbirga bitiruvchi yoshlarni tabriklash uchun Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar  boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova  tashrif buyurib, bitiruvchilarga samimiy tilaklar bildirib, oʻz kasblarining fidoyi,  yurtimiz rivojiga munosib hissa qoʻshadigan kadrlar boʻlib yetishishlarini tiladi.

 

✨Omad sizlarga, aziz bitiruvchilar!