Qibray tuman kasb-hunar maktabida bitiruvchilarga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2023/2024-o‘quv yilida kasb-hunar maktabini jami 232 nafar oʻquvchilar tamomladi, shulardan 6 nafari a’lo darajali qizil diplom bilan o‘qishni yakunladilar.
❇️ O‘quvchi yoshlarni tabriklash uchun Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi L.A.Gafarova, Qibray tumani kasb-hunar maktabi direktori U.Noraliyev, «Yoshlik» MFY raisi o’rinbosari J.Sadikova, «Yoshlik» MFY Yoshlar yetakchisi R.Rustamov va bitiruvchilarning ota-onalari so‘zga chiqib, bitiruvchilarga kelgusida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, o‘z kasblari bo‘yicha yurtimizni yanada rivojlanishida munosib hissa qo‘shadigan kadrlar bo‘lishlari uchun bitiruvchi yoshlarga tilaklarni bildirdilar.