YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Kasb hunar maktabiga zarur asbob uskunalar topshirildi

Kasb hunar maktabiga zarur asbob uskunalar topshirildi

Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Piskent tumani 2-son kasb-hunar maktabida yoshlarni kasb-hunarga o’rgatish va tadbirkorlikka bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Toshkent viloyati oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova ishtirokida kasb-hunar maktabi o’quvchi yoshlari va ota-onalari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

✅Uchrashuvda o‘quvchilariga Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan yutib olingan davlat granti asosida zarur asbob uskunalari topshirildi.

“Yoshlar – ertangi kun egalari, ularni jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyat va sharoitlar yaratilgan” deya taʼkidladi boshqarma boshlig‘i.