YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “O’quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa” mavzusida viloyat amaliy-seminari o’tkazildi.

“O’quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa” mavzusida viloyat amaliy-seminari o’tkazildi.

          Joriy yilning 12-mart kuni Toshkent viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida “O’quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa” mavzusida viloyat amaliy- seminari o’tkazildi. Seminarda viloyatdagi barcha o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha o’rinbosarlari, yoshlar yetakchilari (245 nafar) ishtirok etdilar.
Toshkent viloyati O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i A.Nurullaev seminarda qatnashdi va ishtirokchilarga vazifalar belgilab berdi.
Seminar ishi barcha ishtirokchilarni davlat madhiyasini jo’r bo’lib kuylashlari bilan boshlandi.
Ma’lumki, Muhtaram Yurtboshimiz “Vatanparvarlik har bir davlat xayotining ma’naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muxim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo’ladi”, degan teran fikr bilan o’quvchi — yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni ustuvor vazifa sifatida belgilab berdilar.
Yuqoridagi ustuvor vazifalarni ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat soatlari” o’tilishi belgilangan bo’lsada, “ma’naviyat soatlari” guruh rahbarlari tomonidan sifatsiz tashkil etilayotganligi, mavzular davr bilan xamnafas emasligi, darslarda yoshlarga barkamollik, vatanparvarlik, milliy mustaqillik g’oyalariga sodiqlik, madaniy va ma’naviy merosimizga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy va axloqiy sifatlar yetarli darajada berilmayotganligi, o’quvchilarning “ma’naviyat soatlari”da to’liq ishtirok etmasligi, darslarni qatiy tartibda dars jadvallarida aks etmayotganligi, ta’lim muassasalari rahbarlarining bu boradagi e’tiborsizligi o’quvchilar man’naviyatida ayrim salbiy oqibatlarni keltirib chiqishiga sabab bo’lmoqda.
Shu munosabat bilan o’quvchi-yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan barcha turdagi materiallarni puxta o’rganib ishlab chiqish, to’plash, umumlashtirish asosida “Ma’naviyat soatlari” o’quv rejasi, mavzulari va ma’ruza matnlarini tubdan takomillashtirishni davr taqozo etmoqda.
Kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiya jarayonining pirovard maqsadi — o’quvchi-yoshlarni vatanparvar, el-yurtiga, xalqiga, Prezidentiga sadoqatli, insonlar etib tarbiyalashdan iborat ekanligi belgilab qo’yildi.
Ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat soatlari” dars mashg’ulotlari har juma (Ma’naviyat kuni) kuni qat’iy tartibda birinchi juftlikda (80 daqiqa) o’tilishi dars jadvaliga kiritildi.