YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Rossiya va Oʻzbekistonning fan va oliy taʼlim sohasidagi hamkorligi

Rossiya va Oʻzbekistonning fan va oliy taʼlim sohasidagi hamkorligi

YANA BIR QADAM

Joriy yilning 19-iyul kuni “Sputnik Oʻzbekiston” matbuot markazida “Rossiya va Oʻzbekistonning fan va oliy taʼlim sohasidagi hamkorligi” mavzusida videokoʻprik boʻlib oʻtdi.

Muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev hamda Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Konstantin Mogilyovskiy, oliy va professional ta‘lim muassasalaridan vakillar xamda jurnalistlar ishtirok etdilar.

Videokoʻprik davomida Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari, yaqin kelajakda amalga oshiriladigan loyihalar, Vladivostokda boʻlib oʻtgan IV Rossiya-Oʻzbekiston taʼlim forumining natijalari haqida  soʻz bordi.

Mazkur media-tadbirda xar ikki tomon vakillariga ishtirok etgan mehmonlar tomonidan bugungi kunda dolzarb bo‘lgan savollar berildi va javoblar eshitildi.

Media tadbir qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.