YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Bugun Prezidentimiz tugʻilgan kun!

Bugun Prezidentimiz tugʻilgan kun!

Davlatimiz rahbari tomonidan taʼlim va ilm-fan uchun qulay muhit yaratish, innovatsiya va texnologik taraqqiyotni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning maqsadi yurtimiz kelajagini barpo etuvchi bilimli, yaratuvchan, ijodkor, Vataniga sadoqatli, insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qoʻshadigan, global chaqiruvlarga shay avlodni tarbiyalashdan iboratdir.

Prezidentimizning inson kapitali va ilm-fanni rivojlantirish yoʻlidagi saʼy-harakatlari tufayli bugungi kunda yoshlarning bilim olish, malakali mutaxassis boʻlib yetishish imkoniyatlari salmoqli darajada kengaydi, professor-oʻqituvchilar va olimlarimizning ilmiy va pedagogik faoliyatlari uchun katta imkoniyatlar eshigi ochildi.

Taʼlim va akademik harakatchanlikka investitsiyalar kiritilishi, oliy maʼlumotli boʻlish imkoniyatining 4 karra oshgani, talabalar, oʻqituvchi-professorlar, tadqiqotchilarning xorijiy stajirovkalarni oʻtashlari, dunyoning yetakchi oliygohlari bilan yaqindan hamkorlik, yoshlarning davlat granti asosida oʻqishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi yuqori malakali kadrlarni shakllantirish, fan, texnika va iqtisodiyot rivojiga salmoqli hissa qoʻshmoqda.

Prezidentimizga mustahkam sogʻliq, cheksiz kuch-quvvat va yangi Oʻzbekiston ravnaqi yoʻlida yangi yutuqlar tilaymiz! Sizning rahbarligingiz bilan xalqimiz tinchligi va farovonligini taʼminlash yoʻlidagi ishlar oʻz samarasini beraversin!