YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Omad sizlarga, aziz bitiruvchilar!

Omad sizlarga, aziz bitiruvchilar!

✅️ Joriy yilning 23-iyul kuni Olmaliq kon metallurgiya kollejida   «Bitiruvchi-2024» nomli  bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Ta’lim muassasasida joriy o’quv yilida 7 ta mutaxasisslik bo’yicha 193 nafar  o’quvchilar bitirgan bo’lsa,  shulardan 15 nafari a’lo darajali qizil diplom bilan tamomladi.

Tadbirda Olmaliq shahar hokim o’rinbosari S.Ahmedov, OKMK AJ hamkor korxona «O’quv markazi» mutaxassislari B.Niyozmetov, S.To’raboyev hamda kollej direktori M.Sattarov so’zga chiqib o’quvchilarga o’zing ezgu tilaklarini tilab, iqtidorli o’quvchilarga imtiyozli diplomlarni topshirdi.

✨ Tadbirga  o’quvchilarning ota-onalari ham taklif etildi.  O’qish davomida o’zining namunali xulqi bilan o’rnak bo’lgan etdi o’quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. Tadbir kuy-qo’shiqlar bilan davom etdi.

✨Omad sizlarga, aziz bitiruvchilar!