2024-yil 26-avgust kuni Yangiyo‘l tuman 2-son kasb-hunar maktabida “Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida Ijtimoiy-gumanitar fanlari o`qituvchilari sho`basini Avgust Kengashi bo`lib o`tdi.
Toshkent viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasini bosh mutaxassisi B. Mirzayev hamda Yangiyo‘l tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori N. Xudoyberdiyevlar Avgust Kengashi ishtirokchilarini yangi 2024/2025-o’quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, o‘qitishning zamonaviy va interfaol metodlarini joriy etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdilar.
✅Tadbirda tajribali ustozlar tomonidan seminar-treninglar o‘tkazildi.