Домой / Без рубрики / “Eng yaxshi talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam ko‘rsatish markazi” tanlovini

“Eng yaxshi talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam ko‘rsatish markazi” tanlovini

“Eng yaxshi talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam ko‘rsatish markazi” tanlovini

✅2024/2025-o’quv yilini munosib boshlash, shuningdek, mamlakatimizda oliy ta’lim olish sharoitlarini yaxshilash hamda talabalarni turar joy bilan tezkor ta’minlashning samarali tizimini joriy etish, talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam ko’rsatish markazlarida eng namunali faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar va talabalardan iborat volontyorlarni munosib rag’batlantirish maqsadida “Eng yaxshi talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam ko‘rsatish markazi” tanlovini o‘tkazish belgilangan.

✅Tanlovning hududiy bosqichini yuqori saviyada o’tkazish maqsadida Toshkent viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalaridagi Markazlar faoliyati Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o’rganilmoqda.

✅Mazkur ishchi guruh tomonidan bugun Toshkent davlat agrar universitetiga qarashli 5 ta talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar hamda Markaz faoliyati o‘rganildi.