Домой / Без рубрики / Chempionlarimiz bilan tanishing

Chempionlarimiz bilan tanishing

Universitet talabalari V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining chempioniga aylanishdi!

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri mezbonlik qilayotgan V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari shiddatli bahslarga boy bo‘lmoqda.

✅Quvonarlisi, ushbu xalqaro musobaqada O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari ham munosib ishtirok etib, kurash sport turidan o‘tkazilgan bahslarda g‘oliblar safidan joy olishdi.

Chempionlarimiz bilan tanishing:

oltin medal – Mirodil Mirodullayev (60 kg vazn toifasida);

oltin medal – Otabek Xasanov (66 kg vazn toifasida).