YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Ta`lim sifati – ustun vazifa

Ta`lim sifati – ustun vazifa

Toshkent viloyati professional ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilida o‘quvchilar bilan ishlash, ijtimoiy faolligini oshirish, ma’rifiy-madaniy tadbirlarni sifatli tashkil etishning ustuvor vazifalar boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.

Yig‘ilishda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova so‘zga chiqib, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar davomati, kollej va texnikumlarda qabul masalalari, bitiruvchilar bandligini ta’minlash monitoringini olib borish, attestatsiya bo‘yicha pedagog.edu.uz platformasiga ariza topshirish, o‘quvchilarni umumta’lim fanlar bo‘yicha ijara kitoblar bilan ta’minlanganlik holati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining olib borilishi yuzasidan bir qator masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Mazkur holatlar bo‘yicha sustkashlikka yo‘l qo’yayotgan ta’lim muassasalari direktorlarini ogohlantirdi hamda kamchiliklar bartaraf etish boʻyicha topshiriqlar berdi.