1-oktabr «O‘qituvchi va murabiylar kuni» munosabati bilan joriy yilning 28-sentyabr kuni Toshkent viloyati professional ta’lim muassasalarida fidokorona mehnat qilayotgan, o‘zining yuqori kasb mahorati, yorqin iste’dodi va ijodi, vatanparvarlik fazilatlari hamda yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna ko‘rsatib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan 34 nafar ustoz va murabiylar “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.
Ustozlarni taqdirlash jaryonida viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i N.Kulbekova sohada ular kabi fidoyi ustozlar faoliyat yuritayotganidan faxrlanishini, bu nishon ularning kelgusi faoliyatlarida yanada faollik ko‘rsatishlariga undashini va ularning bunga munosibliklarini qayd etib o‘tdi.
Bayram munosabat bilan Toshkent viloyatidagi professional ta’lim muassasalarining rahbarlari va pedagoglari uchun bayram dasturxoni va konsert dasturi tashkil etildi.
Tadbir davomida sohada samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi ustozlarga Faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.