Joriy yilning 28-sentyabr kuni Angren pedagogika kollejida «1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan «Ustozim sizga ta’zim» nomli tadbir tashkil etildi. Bayram shukuhida ustoz va murabbiylar kutib olindi.
Tadbir davomida samarali mehnati uchun rahbariyat hamda o’qituvchilarga Angren shahar hokimligining tashakkurnomalari topshirildi
Bayramning badiiy qismi o’quvchi qizlar tomonidan kuylangan ustozni madh etuvchi kuy va qo’shiqlar, raqslar bilan o’tdi.