Toshkent davlat agrar universitetida Toshkent viloyati Oliy talim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida iqtidorli talabalar va professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilari uchun “G‘oyalar generatorini ishga tushiramiz” shior ostida trening-seminar bo‘lib o‘tdi.
♻️Ushbu trening-seminarda yoshlarga:
➖Intellektual mulk muhofazasining kichik biznes va startaplar uchun ahamiyati;
➖Iqtisodiyotda startaplarning o‘rni va ahamiyati;
➖Sinmaydigan startap yaratish sirlari, startaplar inkubatsiyasi bo‘yicha mentorlar tomonidan tushunchalar berildi.
Seminarda Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Innovatsion rivojlanish shoʻbasi mudiri Sh.Kamilova, Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabining “Biznes inkubator va strataplar bilan ishlash markazi” rahbari G‘.Usmonov hamda viloyat Yoshlar texnopark direktori O.Tuychievlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.