YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Voleybol turi boʼyicha oʼquvchi yigitlar oʼrtasida 2-bosqich turniri oʻyinlari boʼlib oʼtdi

Voleybol turi boʼyicha oʼquvchi yigitlar oʼrtasida 2-bosqich turniri oʻyinlari boʼlib oʼtdi

Joriy yilning 10-oktabr kuni Oqqoʻrgʻon tuman 1-son kasb-hunar maktabida, Oqqo’rg’on tuman 1-son va 2-son kasb-hunar maktablari Jismoniy tarbiya rahbarlari bilan hamkorlikda sportning Voleybol turi boʼyicha oʼquvchi yigitlar oʼrtasida  2-bosqich turniri oʻyinlari boʼlib oʼtdi.

Voleybol musobaqasida Oqqo’rg’on tuman 2-son kasb-hunar maktabi o’quvchi yigitlari mehmon bo’lishdi.

Qizgʻin va murosasiz oʻtgan oʻyinda Oqqo’rg’on tuman 1-son kasb-hunar maktabi o’quvchi yigitlar jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdilar.

 

Gʻolib jamoa yigitlariga kelgusi ishlarida omadlar tilab, tabriklab qolamiz!