Joriy yilning 12-oktabr kuni Oqqoʻrgʻon tumani 2-son kasb-hunar maktabida «Fizika — mamlakat taraqqiyoti uchun asos boʻladigan, tarmoqlar rivojlanishiga yoʻl ochadigan sohadir» mavzusida viloyatdagi Fizika fani oʻqituvchilarining oʻquv-amaliy seminari boʻlib oʻtdi.
Seminarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi OʻzMU Fizika fakulteti professorlari D.Begmatova, A.Tursunmetov va M.Qurbonovlar oʻzlarining maʼruzalari bilan ishtirok etdi.
Oʻquv-amaliy seminarda kasb-hunar maktabning Fizika fani oʻqituvchisi Sh.Shoxoʻjayev «Misning elektrokimyoviy ekvivalentini aniqlash» boʻyicha laboratoriya jarayonni oʻtkazsdi va laboratoriya mashgʻulotlari oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berdi.
Seminar savol javoblarga boy, munozarali va yuqori saviyada boʻlib oʻtdi.