YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanmoqda

Qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning atoqli Qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li (1824-1878) tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to’g’risidagi qarorini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 14-oktabr kuni Oqqo’rg’on tuman 1-son kasb-hunar maktabi Axborot-resurs markazi o’quv zalida o’quvchi yoshlar o’rtasida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbatida ARM hodimlari tomonidan atoqli Qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo’siboy o’g’lining hayoti va ijodidan ma’ruzalar tinglandi.

Davra suhbati qiziqarli va muzokaralarga boy tarzda o’tdi. O’quvchilar shoir haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar hamda o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.