Joriy yilning 7-noyabr kuni Angren pedagogika kollejining 01-23 guruh o’quvchi yoshlariga Angren shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar «Angren shahar tarixi» muzeyi, «Motamsaro ona» monumenti va XI-XII asrga tegishli «Gumbazbobo» maqbarasida bo’lishdi.
Ta’kidlash joizki, bu kabi ekskursiyalar yosh avlodga ma’naviy ozuqa berish hamda ularda Vatanga muhabbat, ajdodlarga, tariximzga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini oshirishda muhim ahamiyatga ega.