YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF-158-son Farmoni ijrosi amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF-158-son Farmoni ijrosi amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-158-son Farmoniga muvofiq Bekobod shahar kasb-hunar maktabi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq fillialiga biriktirilgani munosabati bilan, 2024-yil 5-noyabr  kuni Toshkent  davlat texnika universiteti Olmaliq fillialida Bekobod shahar kasb-hunar maktabining delegatsiya a’zolari bilan birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda TDTU Olmaliq filliali direktori Samadov Alisher Usmonovich,  prorektorlar  hamda Bekobod shahar kasb-hunar maktabining ma’muriyati  ishtirok etdi. Uchrashuv davomida  kelgusidagi ishlar muhokama qilinib, Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan yoʻl xaritasi tuzildi.