“Professional taʼlim muassasalarida oʻquv amaliyotlarini tashkil etish va dual taʼlim afzalliklari” mavzusida seminar oʻtkazildi
Bugun, 14-noyabr kuni, Parkent tuman 2-son kasb-hunar maktabida Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova rahbarligida professional taʼlim muassasalari direktorlari ishtirokida viloyat seminari boʻlib oʻtdi.
Seminardan maqsad professional taʼlim muassasalarida oʻquv amaliyotni tashkil etish, dual taʼlim afzalliklari va oʻquvchilar davomatini koʻtarishga qaratilgan chora-tadbirlarni tizimli va natijali tashkil etish boʻldi.
Tadbir davomida Boshqarma boshligʻi muassasa direktorlariga oʻquv yili davomida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha aniq vazifalarini belgilab berdi.