YANGILIKLAR
Домой / Davlat dasturi (arxiv)

Davlat dasturi (arxiv)

2018 yil «Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili» Davlat dasturining Toshkent viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risida
M A ‘ L U M O T

ENG  YAXSHI INNOVASION  FIKRLASH-2018

Ohangaron sanoat kasb-hunar kollejida

“Eng yaxshi innovasion fikrlash -2018” mavzuidagi respublika tanlovi o’tkazildi

           O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 20 dekabrda tasdiqlangan “O’rta maxsus,kasb-hunar ta’limi tizimidagi kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida “Eng yaxshi innovasion fikrlash” mavzuida o’tkaziladigan respublika tanlovi Nizomi ijrosini ta’minlash maqsadida o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshchiligida joriy yilning 9 fevral kuni Ohangaron sanoat kasb-hunar kollejida “Eng yaxshi innovasion fikrlash”-2018 Respublika tanlovining viloyat bosqichi uyushqoqlik bilan o’tkazildi.Tanlovda Toshkent viloyatining 13 ta kollejidan 42 nafar iqtidorli o’quvchilar ta’lim muassasasining yoshlar ittifoqi etakchilari rahnomoligida ishtirok etdilar.
Ta’lim muassasalari o’rtasida to’laqonli xolislikni xosil qilish uchun ro’yxatga olish jarayonida xar bir guruhning liderlari tomonidan raqamlar olindi. Bu raqamlar ishtirokchilarning stol raqamlari bo’lib, har bir ishtirokchi guruhlar o’z joylariga borib o’tirishdi.Tanlovning boshlanishidan avval tanlov qatnashchilari Ohangaron hududidagi ta’lim muassasalarining ko’rgazmali chiqishi, kollej faoliyati bilan tanishdilar.
Ishtiroqchilar O’zbekiston Respublika Prezidentining innovasion g’oyalar haqida aytilgan fikrlari bilan tanishtirildi.
Tanlov shartlari bajarildi va har bir guruhning liderlari o’z fikr va g’oyalarini himoya qildilar.Tanlov juda qiziqarli, bahs munozaraga boy bo’ldi.
Tanlovning umumiy ballarini hisoblagunga qadar 9 fevral Alisher Navoiyning tavallud kunlari bo’lganligi sababli guruhlar o’rtasida mushoira o’tkazildi. O’quvchilar Navoiyning juda ko’p g’azal, ruboiylarni bilganliklari sabab, mushoira uzoq davom etdi.
Tanlov yakunida hakamlar xay’ati tomonidan umumiy ballar e’lon qilindi:
Zangiota agrosanoat kasb-hunar kolleji 127 ball bilan 1-o’rinni,
Ohangaron sanoat kasb-hunar kolleji 125 ball bilan 2-o’rinni,
Bekobod texnika kasb-hunar kolleji va Angren axborot texnologiyalari va sanoat kasb-hunar kollejlari — 122 ball bilan ikkita 3-o’rinlarini egalladilar.

        Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan respublika tanloviga Toshkent viloyati himoya qilish uchun Zangiota agrosanoat kasb-hunar kolleji o’quvchilari tanlovga borishlari va bu tanlovda birinchi o’rinni egallashlariga umid bildirdilar.

Bekobod sanoat kasb-hunar kolleji o’quvchilari taqdimoti

Ishtirokchilar 2-shartni bajarish jaryonidan lavhalar

Bekobod shahar qurilish kasb-hunar kolleji o’quvchisining taqdimotidan lavha

Ishtirokchilarning taqdimot jarayonini kuzatish jarayoni

Olmaliq tibbiyot kolleji o’quvchi qizlar taqdimotidan lavha

Olmaliq ijtiomiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o’quvchilari taqdimoti

Taqdimotga bildirilgan fikr-mulohazalar

Tadbirdan  lavhalar

Zangiota  agrosanoat kasb-hunar kolleji

 “Amerika pomidor urug’ini yangi uslubda ekish”

Fikr-mulohazalar  bildirish  jarayonidan  lavhalar

“Eng yaxshi  innovasion-2018” tanlovi  ishtirokchilari  Toshkent viloyati o’rta maxsus kasb-hunar boshqarmasi tomonidan  rag’batlantirildi