Texnikumlarda kredit-modul tizimi joriy etilmoqda
Joriy yilning 28-noyabr kuni Olmaliq shahri Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova rahbarligida viloyat darajasidagi o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarning asosiy maqsadi professional ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish hamda elektron jurnaldan foydalanish, shuningdek nazariy va amaliy darslarni o‘tish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat. Ushbu tadbir ta’lim sifatini oshirish va yangi usullarni amaliyotga tatbiq etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.